Ahmadjon MUXTOROV

ICHAMIZ, ICHAMIZ, ICHAMIZ

Жаҳонгир Муҳаммаднинг шахсий архивидан олинган бу суратда таниқли адиб Аҳмаджон Мухторов (ўртада).

Bunchalik o’zgarib, mutlaqo boshqa odam bo’lib ketarman deb sira o’ylamagandim. Hozirgi holatim yeti uxlab tushimga kirmagandi. Yigirma yillar muqaddam viloyat ro’znomasining muharriri ekanligimda ko’nglimni behuzur etadigan haqsizliklardan ezilib, ayniqsa, “alif”ni “lom”dan ajratolmaydiganlarning oshig’i olchi bo’lganida, puldoru amaldorning g’o’ra farzandlari ko’z ochib yumguncha mansab zinapoyalaridan sakrab firqa qo’mitasidan oshyon topganlarida, kecha-kunduz qalam tebratib, qarzu-qavolaga botganimda ba’zan shunday xayolga borardim: “Qurib ketsin hammasi! Shundan ko’ra Zarafshon qirg’oqlarida g’o’zaga ishlov berganim, Nurota yaylovlarida qo’y boqqanim, Bog’ibalandga chiqib anjir o’stirganim yaxshiydi. La’natlar bo’lsin g’irrom siyosatga!” Continue reading