Jaloliddin:Gapirmay deyman-u, akam dard og’ir(4)

adabiyot**»Turonzamin» o’quvchisi tahlil qiladi**

Korrupsia

Ayni sababdan yillar davomida o’z obro’sini ancha yoqotgan nazoratchi organlar o’z mavqelarini qayta tiklab, oldingidanda salbiy ta’surot uyg’otuvchi organlarga aylanishdi.

Bugungi kunda prokuror yoki boshqa nazoratchiga pora berishning imkoni yo’q emas, ammo oldingidan farqli o’laroq “bozor savdosi” qilishning imkoni yo’qoldi.

Bu “korrupsiya misqolchalik kamaydi, oldin pul bilan bitadigan ish endi bitmaydi” degani emas. Oddiy til bilan aytganda endi “gaplashish” uchun ishonchli vakil orqali chiqiladi va pereyskurantlar xam ishonchli vakil xizmati va sharoit taqozosi bilan orttirilgan xavfsizlik choralari oshirilishi xarajatlarini xam o’z ichiga oladi.

Aksincha, choralarning kuchaytirilganiga qaramay korrupsia kirib bormagan hayot jabhasining o’zi qolmadi. Axvol shu darajaga borib yetganki, aytishlaricha prezidentga yozilayotgan shikoyatlarning 90 foizi ayni muammo yuzasidan bo’layotganmish.

Buning natijasi o’laroq va ayni paytda Rossiyada ishlab chiqilgan korrupsia illatini bartaraf etishga qaratilgan dasturning muqobil variantini yurtimizda xam joriy qilish uchun prezidentimiz Milliy Xafvsizlik Xizmati raisiga qat’iy topshriq berganlar.

Rais janoblari xam bu ishga ma’suliyat bilan yondashib masala bilan shaxsan shug’ullanishlarini va yil oxirigacha bu illat 50 foizga kamaytirilishini va’da berganlar. Natijada yil boshidan beri Milliy Xavfsizlik Xizmati dohil barcha tashkilotlardan, xusudan nazoratchi organlar safidan xam “quyushqondan chiqqan” korrupsionerlarning ushlanishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi rasim tusiga kirgan.

Xodimi korrupsiada ayblanib, pora olish jarayonida qo’lga olinib televidenie orqali ko’rsatilmagan biror soxa qolmadi. Qizig’i shundaki pul olish odatiy xol bo’lib qolgan soxalarga xam ko’z yumilmayapti.

Masalan shifokorlor biror bemorni tibbiy ko’rikdan o’tqazgani, davolagani uchun pul olmasligi aqlga sig’maydigan sharoitda bunday qilinishi ajablanarli. Yaqin orada avtobus kira xaqini bermaslik uchun pora berilayotgan konduktor va xo’randadan pora olayotgan ofisiantlar xam televideniedan ko’rsatilib qolinsa ajablanmasa bo’ladi. Korrupsiani 50 foizga qisqartirilganda ular chetda qosa insofdan bo’lmas.

Aslini olib qarasangiz korrupsia muammosining boshida SNB deb ataladigan Milliy Xavfsizlik Xizmatining o’zi turipti. KGB negizida tashkil etilgan ushbu tashkilotda ilgari ma’lum xududlar bo’yicha sanoqli kishilar ishlagan bo’lsa bugun ularning soni shunchalik ko’payganki, tushunishim bo’yicha farroshlar-u qorovullarning xam o’z “kuratorlari” bor.

Masalaning eng qiziq joyi xar kim o’z kuratorini tanishida. Kuratori kimligini bilibgina qolmay, xar qanday mansabdor o’z kuratori bilan juda yahshi munosabatda.

Quyi kadrlarni tayinlash masalasining SNB zimmasiga yuklanganiga biroz vaqt bo’lganini xisobga olsak masala yanada oydinlashadi. SNB o’ziga kim “to’g’ri kelsa” shunga amal berib, soxani va tabiiyki soxa “daromadini” o’zi boshqaradi.

Oxirgi paytlarda vujudga kelgan kadrlar ortiqchaligi muammosini xal qilish va ishsiz kadrlardan forig’ bo’lish uchun nazoratchi organlar ichida ham attestasia o’tqazish yo’lga qo’yilishi bilan bir qatorda, “ish ko’rsatish” maqsadida uydirma “ishlar” ochish rusum ko’rinishini olgan.

O’tgan yili boshlangan “Nurchilar ovi”,”Andijon 2009″ va “Ko’kcha” xodisalari buning yaqqol dalilidir. Nazoratchi organlarning bugunga kelib qator uydirma terroristik tashkilotlarning “orqasidan” tushgani uchun Islom davlatlari noroziligiga uchrayotgan xukumat boshqa din vakillarini xam siquvga olish topshirig’ini bergan.

Bu bir tomondan gurkirab ketayotgan missionerlik xarakatlarining jilovlanishiga olib kelsada, oxir oqibat ijtimoiy muxitning buzilishi bilan yakun topadi. Xo’sh, xalq nega dinga qiziqmoqda, nima uchun odamlar dinniy ta’limotlarga moyillashmoqdalar va turli oqimlarga ergashmoqdalar?

(Davomi bor).

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: