“Turonzamin” pochtasidan

adabiyotMaktablar yiqitilmoqda

Buxoroda Sobiq SSSR davrida qurilgan binolar sotilish jarayoni bir necha yillar avval boshlab yuborilgan edi. Bu binolar o’zbekning peshona teri evaziga qurilgan bo’lsada hozirda ularning sotilishidan tushgan mablag’dan faqatgina yuqori lavozimli rahbarlar foyda ko’rmoqda xolos.

Masalan Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida o’nlab fabrika va zavodlar sotilib yuborilgan. Qorako’l tuman Vino zavodi, Qorako’l tuman mebel fabrikasi, Qorako’l to’qimachilik korxonasi, Qorako’l tuman E.Rahimberdiyev shirkat xo’jaligiga tegishli bo’lgan sigirxona singarilarni yuzlab misol keltirish mumkin.

Bu fabrikalar nomiga kim oshdi savdosiga qo’yilib sotilgan davlat hisobiga yuz ming, ilkki yuz ming miqdorida kirim qilingan xolos, asosiy mablag’ esa Qorako’l tuman hokimi Matlub Nu’monov va Qorako’l tuman Ichki Ishlar boshlig’i Usmon Halimov cho’ntagiga tushgan.

Matlub Nu’monov va Usmon Halimovlar Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidan bo’lib bu ikkala shaxs har doim bir birlari bilan birgalikda ishlab bir birlarining jinoyatini xaspo’shlab kelishadi.

Bu jinoyatchilarning jinoyatlari dalillar bilan fosh qilingan o’nlab murojaatnomalar tuman fuqarolari tomondan O’zbekiston Prokuraturasiga, O’zbekiston Prezidenti aparatiga, Milliy Xavfsizlik Xizmatiga yuborilgan, biroq bu murojaatnomalardan hech qanday foyda bo’lmagan.

O’zbek yuqori lavozimli amaldorlari o’zlarining yoqtirgan usullarini davom qildirib kelgan shikoyatnomalarni tekshirib chiqish uchun deb jinoyatchinig o’ziga yuborishda davom etgan.

Jinoyat jazosiz qolishi oqibatida jinoyatchilar o’z jinoyatlari qamrovini kengaytirib kelmoqda.

Sovet hukumatidan qolgan binolarni sotib bo’lgan Qorako’l tuman hokimi M.Nu’monov O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida qurib boslanib qurilishi hatto tugatilishga ulgurmagan binolarni ham sotib yubormoqda.

Misol qilib Qorako’l tumani Chovli qishloq fuqarolar yig’iniga qarashli Dukoncha qishlog’idagi qurilishi yakunlanay deb qolgan bir ming o’quvchiga mo’ljallangan maktab yaqinda sotib yuborilgan.

Dukoncha qishlog’i bolalari maktabga qo’shni qishloqlarga borib o’qiydilar. Bularning eng yaqinlari Qirkalla qishlogidagi 22 – o’rta maktab masofa 4 km dan ortiq, Oxunbobo va Oq Oltin qishloqlaridagi maktablar ham besh km dan yaqin emas.

Dukoncha qishlog’idagi maktab sotilishidan norozi bo’lgan qishloq ahli tuman hokimi Matlub Nu’monovga borishsa odamlarni qabul ham qilmagan, aksincha hammasini qamatib yuborish bilan qo’rqitgan.

Hozirda qurilishi bitay deb qolgan maktab yangi xo’jayin tomondan yiqib boshlangan.

Bu hokimchalarning arzimagan manfaatdorligi uchun maktablar ham yiqilmoqda.

Fayzulla, Buxoro.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: