Zamonaviy o’g’rilik haqida

Hech kim suvsiz va nonsiz o’z hayotini tasavvur qila olmaganidek, bugungi kunga kelib internetsiz ham tasavvur qilish mushkul. Chunki elektron pochta deymizmi, yangilik deymizmi, yoki bank hisobimiz yokida internetdagi shaxsiz veb sahifamiz yoki shaxsiy blogimizga vaqt ajratish alla qachon kundalik mashg’ulotimzning bir qismiga aylannib bo’lgan. Ayrim payt internetda “o’tirishni” me’yoridan ham oshirib yuboramiz.

Bu faqat chet elda deb o’ylasangiz xato qilasiz, chunki ayrim rasmiy va norasmiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda qariyib 2 millon atrofida kishi internetdan foydalanishar ekan.

Albatta bu 2 millonni har birida elektron pochtasi bo’lsa kerak, demoqchimanki hech bo’lmasa e-maktub olgan olmaganini hech bo’lmasa hafta bir tekshirib ko’tradi.

Xo’sh e-pochtadan foydalanish yoki sizni internetda kiritishingiz kerak bo’lgan parol(password) qanchlik xavfsiz.

Bundan ikki yillarcha burun <www.rambler.ru pochtasini ishlatish juda ommaviylashib ketdi, undan foydalangan bir necha tanishlarim o’z e-pochtalarni o’g’irlanganligini aytishganida ajablanmagan edim, chunki hukumat tamonidan harakat qilinmaganida u bunchalik tez ommamiylashmagan bo’lar edi.

Uni juda oddiyligidan ham uni buzib kirish osonligi ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’shanda bu e-pochtani xafsizligini shubha ostiga olib undan foydalanmaslikni maslahat berib menda e-maktub manzili bo’lganlarga xat yo’llaganimda, ayrim “vatanparvarlar” jig’iga tegib ketganiga ham ajablanmasa bo’lar edi.

O’tgan yili yaqinlarimdan biri o’z ( hattoki yahoo) e-maktubini o’g’irlanganini aytib qoldi, adashmasam o’tgan yili DO’K raisining muovini Zokir Aliev ham shunday holatga duch kelganini aytib qo’ldi.

Bular-ku holva, Amerika Prezidentligiga nomzod John McCain o’ziga kelajakda vitse prezident bo’lmoqchi bo’lgan Sarah Palin xonimni e-pochtasiga buzib kirishgan va uning parolini hozirda omaviylashgan facebook.com va myspace.com veb sahifalarida qo’yib yuborishgan. Lekin bu ishni qilgan odam topildi. Jazosini oladi. Lekin birovga ziyon yetkazib ulgurdi.

Yana bitta qiziq narsa shundaki, ayrimlarda bir nechta e-pochta manzillari bor, bilmadim sababi nima?

Demak, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlatmaslik uchun mashhur domain ismlilaridan foydalanish kerakmi, yoki yaxshisi bu elektron xizmatlardan foydalanmaslik kerakmi yoki boshqa yo’li bormi? Shu haqdagi qiziqarli suhbatni mana bu yerda (http://www.npr.org/templates/story/story.php?storyId=94931379 tinglaysiz.

DO’K Markaziy Kengashi A’zosi

Bobur Isoyev.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: