Son’gi paytlarda o’zbek kinosida ko’plab kinolar yaratilayotgani hammaga ma’lum. Jonkuyar ijodkorlarga doim ham yo’l berilmasligi doimiy narsa.
90-yillar boshida “Abdullajon” filmi bilan ko’pchilikka tanilgan Zulfiqor Musoqovning so’ngi ijodlaridan biri bo’lgan 2006 yili ekran yuzini ko’rgan “Vatan” filmi o’zbekning ochilmagan tarix sahifalarini varaqlaydi. O’zbekistonda ko’pchilikka noma’lum bo’lgan Turkiston Legioni masalasi ilgari suriladi.
Bu rejissiyor so’ngi paytlarda Ozbekkinoda bo’layotgan ishlar haqida internet sahifalarida prezidentga yozgan murojaatidan so’ng birato’lasi O’zbekkinoning badiiy kengashi safidan chiqarildi.
Asosan murojaatnomada so’ngi paytlarda O’zbekkinoning ajratayotgan pullari bo’lar bo’lmas filmlar uchun ketayotgani va bu yoshlarga hech qanday ma’naviy tarbiya bermasligi haqida yozadi.
Asosan gap ko’pchilikka tanish rejissiyor Rustam Sa’diyev haqida ketadi. Haqiqatan ham 94 mln. so’mga suratga olingan uning “Panoh” filmi mablag’ isrofgarchiligining o’zginasi.
Ha, kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi. Ammo ongi endi rivojlanayotgan yoshlarga Turkiston Legionini tanitib qo’ysak, internet rivojlangan asrda ular rahmatli Boymirza Hayitning kitoblariga qiziqib qolishsa kimnidir paytavasiga qurt tushmasmikin?
Nomiga murojaatnoma yozilgan shaxs uni o’qiganmi yo’qmi ahamiyatsiz, bir narsa aniqki, xalq qanhca manqurtlashsa uni boshqarish shuncha osonlashadi.
Tohir Jo’shqin.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Shu kunning gaplari, Uzbek |
Leave a Reply