Egardan Tushmas

BOBUR ISOEV

Otdan tushsa ham egardan tushmas Karimovni Ostonaga 22 Aprelda qilgan tashrifida gapirganlari kishini “Karimov aslida egar ustida tug’ulgan bo’lsa kerak” degan xulosa qilishga olib boradi.

Karimov janoblarini Qazog’iston presidenti Nazarboyev tarafidan ilgari surilgan Makaziy Osio Ittifoqiga uning pozisiasi hamda uning “O’zbekistonda Qazoqistondan ko’ra biznes uchun imkoniyatlar katta” deb bot-bot aytishi yuqoridagi jumlani tasdig’ini ko’rsatadi.

Sobiq Ittifoq parchalangan so’ngra mintaqada yagona iqtisod hududini tashkil qilish, qolaversa mintaqada yagona siyosiy tizim yaratish niyatida bo’lgan janob Karimovni “maqsad”lari uzoqqa bormadi.

O’zbekiston o’zi binchilardan bo’lib qo’shnilari bilan chegaralarni berkitib va viza tartibini joriy qila boshladi.

Bundan tashqari bunday holatga kelib qolishga mintaqa rahbarlari shaxsiy ambitsialari, mintaqadagi iqtisodiy turg’unlik ham ancha tasirli bo’ldi desama xato bo’lmaydi.

Demak Janob Karimovning xo’jako’rsinga qilingan taklifi boshqa takliflari kabi hech qanday amaliy natijalarsiz qo’lib ketdi.

Mintaqadi liderlikki davogar Nazarboyevning taklifi esa Karimov janoblariga va uning matbuotiga tinim bermadi.

2007 yilga kelib o’zini yalpi ichki mahsulotini 2000 yildagidan ikki barobarga oshirgan, xalqaro miqiyosda ham siyosiy, ham iqtisodiy tamondan yuksalib borayotgan , katta energiya potensialiga ega, mintaqadagi barcha mamlakatlar O’zbekiston, Turkmaniston, Qirg’iziston va Tojikiston iqtisodlarini qo’shib hisoblangandagi iqtisodidan ham katta iqtisodga ega Qozoq’iston Markaziy Osiyoda real gigemonga allaqachon aylanib ulgurgan.

Demak, o’z iqtisodini va xalqining turmush darajasini o’nglab olgan Qozoq’iston, bugun endi mintaqa haqida o’ylamoqda, bu hali-beri egardan tushmas Karimovga maqul kelmasligi aniq.

Agarda Qoziq’istonni mintaqadigi ikki davlat, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan chegaralarga ega ekanligi va bu ikki davlat rahabarlari hamda Tojikiston tamonidan Nazarboyev Markaziy Osiyo Ittifoqini (MOI) tuzish taklifiga moyillik bildirayotgani, hattoki Bakiyevni Nazarboyev bilan oxirgi imzolagan bitimlariga qaraydigan bo’lsak, MOIni Karimovsiz ham tuzilishi imkonyatlari katta ekanligini ko’ramiz.

Karimovning keying safari chog’ida “O’zbekistonda biznes qilishga va investitsialar uchun imkoniyat Qozog’istondan yaxshiroq” deb uyalmay-netmay aytganini yolg’onning kulminasion nuqtasi desa bo’ladi.

Mana sizga oddiy statistika: Dunyo Bankining 2007 yil sentyaber oyidagi 2006 yilga asoslangan ma’lumotiga ko’ra, O’zbekiton yalpi milliy mahsulot bo’yicha dunyodagi 209ta davlat ichida 169 orinda, MDH davlatlari ichida esa faqat Qirg’iziton va Tojikistondan oldinda, Qozog’iston esa 99 o’tirda , MDH da 2 o’rin.

O’zbekiston va Qozog’istondagi chet el investerlariga va ichki bineslarni imkoniyatlarini mana bu erda korishingiz mumkin.

Balkim Karimov qornini epalshni o’ylab yurgan , bepulga ishlashga ham tayyor ishchi kuchini, paxta dalalarida ishlaydigan maktablari-yu talabalarni O’zbekistonda tadbirkorlaga imkonyat , Rossiya va Qozog’istondagi 100 minglarga yetgan o’zbek mardikorlarini o’ziga g’urur deb bilar?!

Xullas kalom, egardan tushmas yurtboshimiz bor ekan, o’ris va chin turganda bizga tariximiz, urf odatimiz va dinimiz bir bo’lgan asrlar osha birga bo’lgan qardoshlarimiz bilan birlik to’g’ri kelmaydi, biz tadbirkorlar barcha imkoniyat muhayyo ekanligini qayta-qayta tinglayveramiz.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: