Islom Karimov Astanada bergan bayonotida Markaziy Osiyo mamlakatlari ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi orzu borasida shunday dedi :
-Bu masalaga har bir mamlakat o‘z milliy manfaatlaridan, xalqining xohish-irodasidan kelib chiqqan holda munosabat bildiradi. O‘zbekiston uchun ushbu tashabbus maqbul emas.
Men buni yana bir bor qat’iy ta’kidlayman. Davlatlar orasida, ayniqsa, eski tuzumdan chiqqan mamlakatlar, bu o‘rinda, Markaziy Osiyo respublikalari orasida ittifoq tuzish uchun, birinchidan, ularning salohiyati, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi mos kelishi kerak, ikkinchidan, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish hamda islohotlarni amalga oshirish borasida tutgan yo‘li bir-biriga hamohang bo‘lishi lozim…
Bu bilan u 70 yil yashab ham orzularni o’ldirish mumkin emasligini tushunmaganini ko’rsatdi.
Qolaversa u xalqdan so’ragan emas-ku! Axir bu ittifoq xalqning orzusiku!
Lekin odam o’ladi… orzu o’lmaydi.
Bobur Xoliqnazar.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Shu kunning gaplari, Uzbek |
Leave a Reply