Toshkentda g’alati mish-mish tarqaldi. Nima emish, har bir oila tekinga ikkitadan farzand ko’rishi mumkin va kimda kim uchinchi farzandini dunyoga kelishini istasa hukumatga 350.000 so’m to’lashi kerakmish.
Bu bilan hukumat semirgan cho’ntagini yanada semirtirmoqchimi yoki aholi sonini jilovlamoqchimi?
Xitoy hukumati mana shunga o’xshash qonun chiqarib demografik buzilishni keltirib chiqardi. Oilalar o’g’il ko’rmoqchi bo’lib homila qiz bo’lsa abort qildirdilar, natijada o’g’il bolalar soni ko’payib ketdi.
Bittadan ortiq farzand ko’rish taqiqlangani uchun ayollarning egizak farzandlarga homilador bo’lishini ta’minlaydigan yo’llar topildi.
Hullas bu Yaratganning ishi va inson buni nazorat qila olmaydi va qilishga ham haqqi yo’q. Agar bu rost bo’lsa bizda Xitoydagidan ham battar oqibatlari kelib chiqishi mumkin.
“Mish-mish – rostmish” deyishadiku. Yana kim biladi?…
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Shu kunning gaplari, Uzbek |
Leave a Reply