Bir muhojirning hasrati

2. Bu haqda o’ylashga qo’rqaman

Irelandni ekonomikasi asosan shu chet elliklarni gardanida. Shular sabab uylarni narhi 10 yilda 3-4 barobardan kop oshdi. Yerni narhi oshdi. Avval eski etik kiyib kartoshka ekib, UK ga tiyinga sotib kelgan irish hozir 100 minglik mashinada yuradi.

Shaharda eski uyi bolgan amaki esa bugun millioner. Har bir honasida 4 tadan polyak ishchi yashaydi, ikki yarus karovotda. Yaqinda Dublin shahar qomitasining uy arendasini nazorat qiluvchi komissiyasi shahsiy arendadagi uylarni tekshirishni boshlaymiz dedi.

Atigi 200 tasini tekshirishibdi, gazetada yozdi. Shulardan 75 % UMUMAN ARENDAGA BERISHGA LOYIQ MEAS UY deb topilgach bu komissiyani ishini tohtatib qoyishdi. Chunki kelayotgan bahorda yana saylov, irishlarning jahlini chiqarmagani maqul hokimiyatni.

Yana bir narsa, irishlar juda kop ichadi. Mast holda mashina haydashi azal-azaldan odat tusiga kirgan, chunki bu yerda Road Police ni 1 yilda 1 marta ko’chada tasodifdan uchratib qolasiz.

Ko’p avariyalar shuning uchun, tezlikni oshirishdan. Kop odam halok bo’lmoqda. Lekin statiska boyicha 80% halok bo’lganlar irish.

Yaqinda bitta davlat kattasi parlamentga qonun kiritibdi, CHET ELLIKLAR ICHIB MAST HOLDA MASHINA HAYDAB AVARIYALAR KO’P BOLGANI UCHUN HAR BIR CHET ELLIK O’ZINI MASHINASIGA MAHSUS EMBLEMA YOPISHTIRSIN! UNI POLICIA YAQQOL KORADIGAN BOLSIN.VA CHET ELLIKLARGA TEZLIK CHEKLANISHI IRISHLARGA NISBATAN 20KM/S KAM BOLSIN! — emish.

Ha bu ahir 30-yillardagi Germaniyada yevreylarga David yulduzini ko’kragiga taqib qo’yish bilan barobar emasmi?

Bilmadim, qabul qilishadimi eki yoqmi bu qonunni, yoki shu kelaetgan saylov oldidan qilinaetgan yana oyinmi bu…

Tushunaman, men qayoqda qolgan gaplarim bilan vatingizni olayapman. Lekin men o’ylaymanki xalq bu bitta insondan boshlanadi, Vatan esa bitta grajdandan.

Men kabi uzoqda darbadarlikda yurganlar minglab.

Mana bitta mening misolimda siz bu “demokratik EU”ning ahvolini ko’rib turibsiz. Men kabi boshqa davlatlardan kelganlar ham shu ahvol. Ishlaydi tin olmasdan, uyga to’laydi, yeb ichishga, nalogga. Irishlarku qariganida davlatidan pensiya oladi. Lekin biz qaeqqa boramiz bilmayman.Bu haqida oylashga hatto qorqaman.

Shuncha yildan beri grajdanlik berishini kutib o’tiribmiz. Lekin yana kamida 3 yil bor. Ham bu davlatga ishonch yoq, ertaga otmen qilib yuborishi ham hech gap emas. Mana shuning uchun uje 5,5 yildan beri tishni tishga qo’yib chidab kelgan bolsak ham yo’lini qidirayapman USA yoki Canadaga ketishni. U yerda qanday ekan vaziyat? Balki biringiz yozarsiz. Yozsangiz oldindan rahmat.

Rahimjon Azimov, Irlandiya.

(Davomi bor) 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: