Bir muhojirning hasrati

“Turonzamin”ga kelgan ushbu maktub-maqolani o’zgartirmasdan, imloviy qusurlarini ham qoldirgan holda chop etishga qaror qildik. Xulosa qilish muhtaram o’quvchining o’ziga havola.

1.O’zga yurtda ham gadoman

“Turonzamin” uchun rahmat, ayniqsa Savol-Javob uchun. Huddi Chehov uslubida, qisqa, mazmunli. Har kuni ikki martalab kiraman Turonzaminga, 1 mahal ishda, 2-si uyda.

”Turonzamin”ga bor dardimni , meni yuragimni ezib kelayotgan hayollarimni yozgim keldi.

Bugun o’z taqdirimdan misollar yozmoqchiman va bu demokratik Avropa azoblarini ko’rsatib beradi deb o’ylayman.

Avropaga kelgach ayolimbilan sog’liqni saqlash sohasida ishladik.Bu yerda ham muammo ko’p ekan. Masalan, Emergency bolib hospitalga borgan bemor doktorni kamida 2 soatdan kopida 24 soatgacha kutganini ko’rdim. Yoki bir idorda bir kotib , HOZIR KRISTMAS BAYRAMI ARAFASI,YANVAR OYINI ORTASIDA SEN B-N ALOQALASHAMIZ, dedi. Shu-shu jimjit. Yana 2 marta qongiroq qildim, 1 marta bordim.

Hullas bu davlat- Ireland tarihida 1000 yil oz mustaqilligi uchun urush olib borgan(shu sabab Ginnes kitobiga kirgan). Butun halq oz millati uchun , oz milliy davlati uchun urush olib borgan.Shuning uchun bularni qoniga, geniga kirib ketgan millatchilik .Bu faqat mening emas, bu erda yashovchi kopgina boshqa millat vakillarining gapi.

Misol uchun, yaqinda Berti Ahern, davlat PM USA ga borib u erda nolegal yashab kelayotgan 1 mln ga yaqin irland millatiga istisno sifatida Green Card berilishini iltimos qilib borgan edi. Unga Oq Uyda , AGAR 1 MLN IRLANDGA GC BERSAK, UNDA 1 MLN MEKSIKANLARGA NEGA GC BERMASLIGIMIZ K-K? ULARGA NIMA DEB AYTAMIZ? USA DA INSON MILLATI AJRATILMAYDI, deyishibdi.

Shuni B.Ahern bu erga kelib Parlamentda otchet berib aytdi.Va qoshimcha qildi, BIZ BARIBIR YANA OQ UY B-N PEREGOVOR OLIB BORAETIBMIZ. BIZNI ODAMLARGA GC BERILISHINI SORASHNI TOHTATMAYMIZ,deydi.

Yani ozining millatchiligidan qaytmayman, deydi.

Hullas, har bir saylovdan oldin hamma “olgan mushuklarni” chet eldan kelganlarga osish bilan shugullanishadi.

Maktablar tola, sinflarda 30 talab bola, bolangizni maktabga 3-4 yil avvaldan yozdirib ochered kutasiz!

Bolnisalarda joy yoq! Odamlarni koridorlarda yotqizishadi. Doktorga , masalan burun – quloq , ochered kamida 3-4 oy!

Uylarni narhi EUda eng qimmat! Arenda ham. Chunki 4 mln aholiga kamida 0,5 mln kelgindi. Chunki ekonomikasining hamma , pochti 75%,sohasida asosan chet elliklar mehnat qiladi.

Shuncha chet ellik bo’la turib na parlamentida, na mahalliy hukumatlarida bironta ham chet ellik yoq !

O’tgan yili TV da juda katta reklama qilib bitta Afrikalik katolik cherkov yepiskopini bitta qishloq ( 5-7 ming aholi) “meri” qilib saylanganini ko’rsatdi, lekin.

Mana meni o’zim, 2 ta institutni bitirganman. Men osha paytda birinchilardan bolib oqigan edim.Domlalarimiz Chicago birjasidan,Moskvadan , Sp.Piterdan, Israeldan edi. Tilni suvdek bilsam, ish opitim bolsa.

Shunga qaramay eng pastki tabaqadagi finanse sohasida ish topa olmayapman. Mana yarim yil boldi, bormagan joyim qolmadi.

Mana hozir ayolim kechasi smenda ishlaydi hospitalda carer bolib 5 yildan beri. Men kunduzi ishlayman Internet Provider firmada Customer Support da. Olgan oyligimizni 50% ni arendaga. 40%ini yeb-ichish, yol kiraga ketkazamiz.Unda munda yig’ib ota-onalarga yuboramiz.Otam kasal bo’ldi o’tgan Sentyabrda, mikro infarkt, uning ustiga yana artrit…

Rahimjon Azimov, Irlandiya.
(DAVOMI BOR)

One Response

  1. hudo sabr bersin. hamma musofirlarni ichidagi gapni yozibsiz. kishi qanchalik mutahassis, multilanguage bolmasin, irqchilik, millatchilik hamma joyda bor ekan. tugri birovning vataniga kelib, ulardan eng yaxshi ishlarni tortib olish, ulardan bilimli bolish kimga ham yoqardi.

    sizzi, oilaingizni va barcha muhojir birodarlarimizni duo qilaman.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: