Islomning Islomga bahosi

ia5.JPG” Muhit buzilgan joyda esa, rahbarga ishonch va hurmat yo‘qoladi, ish o‘rniga guruhbozlik, o‘zaro ziddiyat va nizolar kuchayadi, yurtdan baraka ko‘tariladi“.

Islom Karimov Xorazm viloyati kengashida so’zlagan nutqida bilmasdan o’ziga o’zi baho berib qo’ydi.

“Xorazm viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Islom Bobojonovning faoliyatiga baho beradigan bo‘lsak, shuni aytish kerakki, bu odam to‘qqiz yil davomida viloyatga rahbarlik qildi…

Lekin, ochig‘ini aytish kerakki, keyingi yillarda viloyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashda prinsipiallik ko‘rsata olmadi, atrofida girdikapalak bo‘lib yurgan har xil xushomadgo‘y kimsalarga, tanish-bilish, qarindosh-urug‘lariga nisbatan sezgirligi va qat’iyatini yo‘qotdi va eng achinarli tomoni shuki, jinoyat yo‘liga o‘tgan, qing‘ir-qiyshiq ishlar bilan shug‘ullanib yurgan buzg‘unchi odamlarning ta’siriga tushib qoldi.

Men qayerda bo‘lmasin, o‘zimning ko‘plab chiqishlarimda bunday xavf-xatarlarning oldini olish haqida, rahbarlarning qat’iyatligi va halolligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligi haqida qayta-qayta da’vat etishim bejiz emas.

Ming afsuski, ko‘pgina holatlarda o‘zi shu yurtda tug‘ilib o‘sgan, uning suvini ichgan tuppa-tuzuk ba’zi insonlar mas’ul lavozimni egallagach, to‘rt-besh yil davomida boshi aylanib, irodasi susayib, o‘zini yo‘qotib qo‘yib, oqni qoradan ajratishga zaif bo‘lib qolar ekan.

Bu esa, muhitning buzilishiga, adolatsizlikka sabab bo‘ladi. Muhit buzilgan joyda esa, rahbarga ishonch va hurmat yo‘qoladi, ish o‘rniga guruhbozlik, o‘zaro ziddiyat va nizolar kuchayadi, yurtdan baraka ko‘tariladi.

Har qaysi rahbar – u hokim yoki vazir bo‘ladimi, korxona yoki jamoa boshlig‘i bo‘ladimi – o‘z qat’iyati va talabchanligini qachon ifoda etishi, qachon to‘la namoyon qilishi mumkin?

Qachonki boshqalarga o‘rnak bo‘lib, hech kimdan tili qisiq bo‘lmasa, hech kimning oldida muttahamligi bo‘lmasa. Odamlarning ko‘ziga tik qarab, boshini baland ko‘tarib yurishga qodir bo‘lsa.

Eng asosiysi, davlat va xalq ishonch bildirgan rahbarning oyog‘i yerdan uzilib, salbiy tomonga o‘zgarishini kimki odamlar sezmaydi, bilmaydi, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi.

El-yurt ko‘p narsadan xabardor, hammasini kuzatadi, yaxshi biladi, o‘z xulosasini chiqaradi. Natijada bunday rahbar odamlar o‘rtasida, jamoa nazarida, xalqning ko‘z o‘ngida o‘z obro‘sini yo‘qotadi.”

Bugun yurtdan nega baraka ko’tarilgani Karimovning o’z tilidan aytilishi juda ham qiziqdir! Xullas, Islom(Karimov)ning Islom(Bobojonov) haqidagi gapiga izoh ortiqcha. (Turonzamin).

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: