“Turonzamin”ga murojaat

ai2.jpgO’zbek futbolining taqdiri kimga qoldi?

Hurmatli “Turonzamin” ushbu maqolamni chop etsangizlar va o’zbek futbolini jallod qo’lidan qutqarish uchun yordam bersangizlar. So’ngi vaqtlar ichida o’zbek futbolida juda g’aroyib va ajoyib voqelar yuz beryapti.

Oliy ligada o’zini zo’rg’a ko’tarib yurgan klub manaman degan kuchli klub ustidan “g’alaba” qozonsada O’zbekiston Futbol Federatsiyasi (O’FF) quruq gap bilan kifoyalansa.

Oliy Liga bilan hayrlashish arafasida turgan “Metallurg” jamoasi “Quruvchi”ni 1:0 hisobda “yengdi”. Buni ba’zi futbol ishqibozlari oldindan aytishgandi “Nima emish, “Metallurg” klubi “Quruvchi” va “Paxtakor” bilan kelishib olibdi va ularni yutib, albatta oily ligada qolar ekan.” Kutilganidek “Metallurg” 1:0 hisobda “Quruvchi”ni “yutdi” va fanatlar orasida norozilik va shov-shuvga sabab bo’ldi. Buni oldini olish uchun buyurtma maqolalar ham bosildi. Emishki, “Quruvchi”ning asosiy o’yinchilari jarohat olmasliklari uchun, yosh o’yinchilar o’yinga qo’yilgan emish.

Bu voqealar prezidenlik saylovlariga yaqin qolganda ro’y berayotgan edi. Bunchalar shovshuvni hech kim kutmagan edi va saylov tinch o’tishi uchun “operatsiya” barbod qilinib, “Paxtakor” “Metallurg”ga yutqazish o’rniga uni 1:0 hisobida yutdi. Lekin “Metallurg” oily ligada qolishi kerak edi. Qanday qilib?

Prezidenlik saylovi o’tdi. Bu ishlarning teppasida turgan odam o’z ishini boshlashga kirishdi va hech kim kutmagan, birovning hayoliga ham kelmagan qaror chiqardi.

Hisobidagi puli 3 milliard so’m bo’lmagan oily liga komandasi oily ligani tark etadi deb qaror chiqardi. O’zbekiston sharoitida buni qanday tushunish mumkin. ? Mana shu qarorning o’zi juda qaltis hato.

FIFA huddi Qatar misolida O’zbekitonga ham jazo choralarini qo’llashi mumkin, klublarning ichki ishlariga aralashigani uchun. Mana shu qaror orqali “Traktor” va ”To’palang” klublarini oily ligadan haydab o’rniga “Metallurg” va “OTMK” klublarini oily ligaga qo’shmoqchi. Bu bo’layotgan ishlarning tepasida shaxsan Mirabror Usmonov degan o’zbek futbolining dabdalasini chiqarayotgan kishi turibdi. Bu kishi kim o’zi? Futboldan habari bormi? Mana sizga uning yig’ilishda gapirgan gaplarini keltiraman.

Futbol olamida ishlayotganimga ham 2 yil bo’ldi. Aslida men nafaqadagi odamman. Futbol Federatsiyasiga rahbar etib tayinlanishimni esa, umuman kutmagandim. Qariyb 40 yildan buyon turli korxonalarda rahbar bo’lib ishlagan bo’lsamda, bunday jamoani hayotimda ko’rmaganman. Balki, noto’g’ri ta’rif bergandrman. Men bu jamoani, hatto oila deb atagan bo’lardim. Biz-bir butun oilamiz va men shunday hamjihat oilaga rahbar ekanligimdan fahrlanaman.

O’zbek futbolining kuni mana shunaqa korchalonga qoldimi? Umrida futbol u yoqda tursin hatto biror sport sohasida ishlamagan bu kimsa qanday qilib O’FFning prezidenti bo’lsin? Pul desa sportdagi g’alabasi tugul vatanini ham sotib yuboradigan bunday kimsaning tasqaraligini qanday tushunish mumkin?

O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichining o’yinlarini boshlash arafasida, Alloh saqlasin, agar terma jamoamiz bu safar ham chiqolmasa, Usmonov buni bo’yniga olishi kerak. Bosh murabbiyni ham bunga javobgar qilib bo’lmasligini tushunib turibmiz.

Sababi, Usmonov istasa murabbiy Inillayev ham biror narsa qila olmasligini hozirda yuz berayotgan voqelardan fahmlash mumkin. Hullas, shundoq ham jar yoqasiga kelib qolgan o’zbek futbolini Usmonov butunlay yo’q qilmoqchiga o’xshaydi. Shundoq ham iqtisodiy qiyinchilikdan paymonasi to’lib, ko’ziga qon to’lgan xalqning stadionga to’plangan olomoni “jivlangan va bo’ysundirilgan” futbol o’yini bahona bir janjal ko’tarib yurtda notinch vaziyatni uyg’otar ekan bunga shaxsan Mirabror Zufarovich Usmonov javobgar bo’ladi!!!

O’zbek futbolining fanatlaridan biri.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: