2007 yil boshqa yillarga o’xshamagan voqealarga juda boy bo’ldi. Hech qaysi yildagiga o’xshamagan yoqalashishlar, shilliqurt yopishib olgan taxt uchun kurash.
O’zini lider deb bilganlardan birortasi yurt ichidagi biror nomzodni ma’qullashini aytganida, ikkinchisidan ustunligini isbotlardi va yurt uchun o’z manfaatidan voz kechdi deb haqiqiy lider ekanligini tan olish mumkin edi. Boshqasi esa “Faqat o’zim!” deydi va har doimgidek saylov yaqin qolganda boykot e’lon qiladi.
Agar “O’sha kursiga munosib inson o’tirsin, men ma’qullayman” deganida o’sha liderga qanchalar obro’ keltirishini hamma tasavvur qilishi mumkin.
Bu bilan uning liderligi kamayib qolmasdi.
Yana oldinda yetti yil. Bu degani keyingi imkoniyat yana yetti yildan keyin degan hulosaga kelishga erta.
Ha, keyingisi faqat mo’jiza yuz bersagina paydo bo’lishi mumkin. Endi o’zaro maslashish va birlashish orqali bir ishga qadam qo’yish mumkin.
Hechdan ko’ra kech. Aytganlaridek, bekengash ishning pushoymoni ko’p.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA |
Leave a Reply