Bizga yozadilar

“Demokratiyani “d” harfi ham yo’q” ni o’qib

Hurmatli “Turonzamin” tahririyati!

Sahifangizda chop etilgan “Demokratiyani “d” harfi ham yo’q”-nomli maqolada muallif haqiqatan ham dolzarb mavzuni ko’targan.

Ayni shu qishli-qirovli kunlarda uyga telefon qilib,uydagilardan hol-ahvol so’rar-so’ramasdan gaz yo’q,svet yo’q degan gapni eshitasiz.

O’ylanib qolasan kishi: Ilgarilari bunday ko’p svet ham o’chmasdi,gaz ham doimo bo’lardi,buni ustiga gaz o’zimizdan chiqsa.Biz mustaqillikka erishib,hayotimiz farovon bo’lish o’rniga nega muammolar girdobiga qolayapmiz.

Tirikchilik uchun musofir yurtlarda ishlab yursang,u yoqda esa oila-a’zolaring sovuqda qaltirab o’tirsa vatan,bola-chaqa,yaqinlar sog’inchi ila yurgan o’ksik ko’ngling yanada eziladi.

Bir narsaga hayron qolaman.Men Janubiy Koreyada ishlayman,bu davlat O’zbekistondan bir necha barobar kichik bo’lib,aholisi qariyb ikki marta ko’p ya’ni 50 mln kishi.

Bu yerda elektr energiyasi bo’yicha muammo yo’q,vey,qani bir marta svet o’chsa-ya.O’chmaydi,agar bir-ikki soat o’chadigan bo’lsa mamlakat iqtisodi mlrd-mlrd zarar ko’radi,yolg’onchi bo’lmayin,yoz oylarida bo’ladigan mussonli yomg’ir mavsumida shiddatli yomg’ir yoqqanda bir marta atigi besh daqiqa svet o’chgan edi.

Bu yerda hamma ishlab chiqarish tarmoqlari elektr energiyasi bilan ishlaydi,yarim soat svet o’chsa butun chorva hayvonlari qirilib ketadi.

Koreya neft, gazni import qiladi.Gaz bo’yicha muammo yo’q,xonadoningizda gaz tugadimi,shundoq telefon qilasiz bir zumda maxsus mashinada kelib,o’zlari gaz balloningizni almashtirib qoyishadi,siz qolingizni ham urmaysiz,faqat ketayotganda pulini to’laysiz.
Gazni bir balloni 15 dollar atrofida,bu narx o’rtacha oylik miqdori 2500-3000 dollar bo’lgan koreys xalqi uchun hech nima emas,aksincha bir ballon gazni ehtiyojiga qarab bir oydan uch-to’rt oygacha ishlatishi mumkin.

To’la gaz ballonni arang siljitasiz,bo’shagandan so’ng yosh bola ham ko’tarib ketaveradi.Bu yerda servis xizmat ko’rsatish juda yuqori darajada,o’zlari kelib xizmatingizga shay turishadi,bizda esa aksincha,ming marta tavallo qilib,tomog’ini moylaganingizdan so’ng ishingizni bajarishadi,shunda ham ko’ngildagidek emas.

Shularni o’ylar ekanman qachon bizni davlatimiz ham shu darajaga yetishishini hech tasavvur qilolmayman.

Sizlarga hurmat bilan Koreyadan Murodbek.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: