Zamona kelmay qirindan, g’amingni ye burundan!

306.jpgBirlashgan Arab Amirligi o’zbeklarni ish bilan ta’minlashda Rossiya, Qozog’iston va Janubiy Koreadan keyingi o’rinda turishga boshqa davlatlar bilan bemalol raqobatlasha oladi.

BAAning O’zbekistonda rasmiy elchixonasi emas, konsulligi mavjud. Bu davlatga bormoqchi bo’lganlar BAAdagi ish beruvchining jo’natgan viza varaqasi asosida u yerga borishi mumkin.

Hatto vizasiz borib, BAAning aeroportida sayohat shirkatlari orqali 3 kunlik favqulodda viza (emergency visa) ochib mamlakatga kirishi mumkin. Ya’ni, ish haqi yaxshi va viza olish katta muammo bo’lmagan arab davlati.

BAA hokimi mutlaqining Toshkentga sayohati va I. K arimov bilan uchrashuvidan keyin kuni kecha Emirat.ru sayti ham BAA va O’zbekiston tomonlari xavfsizlik masalalari bo’yicha  kelishib olinganini eslatib, endi bu borada tadbirlar olinishi haqida xabar berdi.

Qo’shni Qirg’izistondan ba’zida o’zbek qochqinlarining O’zbekistonga ekstradiksiya qilinganliklari haqidagi kabi habarlarni endi BAAdan ham eshitish mumkin.

Dubaydagi mirshablar mahkamasiga tushgan tanfurushlar o’zbek hukumatini zarracha ham bezovta qilmaydi, hukumatni xavotirga soladigani chetga chiqib O’zbekiston siyosatini tushunib yetib, muxolif ishga qo’l urmoqchi bo’lganlar.

Endi jazirama issiq o’lkada tirikchilik qilayotgan o’zbeklarning yanada hushyorroq bo’lishlariga to’g’ri keladi. Aytganlaridek, zamona kelmay qirindan, g’amingni ye burundan.

Tohir Jo’shqin.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: