Mulohaza

Vatanga qaytish…adabiyot.jpg

O’tgan asrning 70-80 yillari Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Xalqaro kinofestivali o’tkazilardi. Festival har ikki yilda bir bora o’tkazilib, unda mashhur kinoyulduzlar, kinorejissyorlar tashrif buyurishardi.O’sha kezlari Toshkent kinoteatrlari kassasi oldida doimo odam tirband bo’lib, tomosha zallari tomoshabinlar bilan to’lib-toshardi.

O’sha davrdagi “Kino” jurnalida jahon kino yangiliklari, mashhur kinoaktyorlar hamda ushbu kinofestival haqida turli-tuman maqola, intervyu va rang-barang fotosuratlar chop etilar va ularni qiziqib o’qigan paytlarimiz bo’lgan.

Bir safar shu kinofestivalga Rossiyalik kinorejissyor Eldar Ryazanov ham ishtirok etgan ekan,buni u keyinchalik oradan ancha yillar o’tib,televidenieda uning ijodiga bag’ishlangan bir ko’rsatuvda eslab,shunday degan edi; “…jara, v teni 50 gradusov…”. Issiq haroratga bir kun bardosh berib, ertasiga festivalni tashlab qochib qolibdi. Ryazanovni tushunish mumkin, zero u salqin yurtda yashagan va tabiiyki jazirama issiqqa chidash berolmagandir.

Haliyam ba’zilar chetda turib boshqa joyda o’zgarish qilish mumkinligi haqida gapirmoqdalar. Ha, imkoniyati bor odam xohlagan joyida turib, ish boshqarishi mumkin, balkim Roman Abramovich ham Angliyaga sovuqdan qochib kelib, u yerdan turib Chukotkani boshqarayotgandir, yanayam ajabmaski kelajakda biror davlat rahbari Marsdan turib, o’z davlatini boshqarsa…

Lekin issiq yurtni tashalab sovuq o’lkalarda yurib O’zbekistonda biror narsani o’zgartirish mumkinligiga ishonmayman!

Bugun Vatanga qaytamiz deyayotganlar chiqmoqda! Bugun endi laylaklarga iltijo qilmasdan ana shu odamlarni qo’llash kerak!

Erkin.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: