Tohir Jo’shqin

image002.jpgOlim bo’lib odam bo’lolmaslikning kasri

Dunyoda olimlarning hushomadgo’yligi bo’lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar. Abdulfattoh Shohin.

1999 yilning 16 fevralidagi portlashlarda ulug’langan Karimov sha’niga shirakayf holdagi Abdulla Oripov har ikki gapining birida “Xo’sh, bizga mustaqillikni kim olib berdi? Xo’sh, bir tomchi qon to’kmasdan bizlarni kim ozod qildi? Xo’sh, ….” deya uzundan uzun nutq irod qilgandi.

Bugun ko’pchilikka ayon mustaqillik uchun haqiqiy kurashganlar kim-u, o’zbeklarni qonga belab, kishanband etgan kim.

Erkin Vohidov “Sizga otilgan o’q menga tegsin” deyish bilan “O’zbegim” she’ri bilan o’zbekning dardini yozgan inson o’zbeklarning haqiqiy otasi kimligini tanitmoqchi bo’ldi. Erkin Vohidov she’rlarini o’qib, millat shoiri deb tan olgan insonlar nazdida bu gaplar Karimov obro’sini necha karra ko’paytirdi ekan?…

Jallod qo’liga qilichni ham arqonni ham tutqazganlar o’zbeklarning oralaridan chiqqandan so’ng boshi kundada turgan o’zbekning dardini uning yaqinlaridan boshqa kim anglasin?…

Vaqti kelsa zamonasoz olimning nutqi zolim uchun uning lashkarlarining xalqqa zulmidan ko’ra samaraliroq.

Bugun zolimni tanqid qilishga jur’ati yetadigan olimning yurt ichidan topilishi oson emas, ammo olmlarning zolimni madh qilshdan o’zlarini tiya bilishlari osonroq.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: