Bizga yozadilar

dictatura.jpgMEN ENDI YORUG’ KELAJAKKA ISHONMAYMAN!

Ilgari demokratlarni qoralab yozilgan(muallifi Abdumalik Bo’riev) va e’lon qilingan bir xatga bugungi munosabat

Salom janob Abdumalik.
Sizning DO’K saytidagi xatingizni o’qib, esim og’ib qolayozdi.

Manimcha o’qimishli odamga o’xshaysiz. Bu xat allaqachon yozilgan bo’lsada, haligacha baxs-munozaraga chorlaydi.

Siz o’zingizni miyasi zaxarlanmagan debsiz. Bir kichkina, oddiy haqiqatni tan olishingizni xoxlardim. Demokratiya tarafdorlari bu– ommaviy miya zaxarlanishiga qarshi immuniteti kuchlilardir. Siz esa mana shu zaxarlanishga qarshi immuniteti yo’q odamsiz.!!!

IMMUNITET esa bu-Haqiqatni anglash, idrok qilish demakdir.

Albatta bu so’zlar sizga erish tuyilishi mumkin.

Yozgan xatingizdan qiyinchilik ko’rmagan, o’ziga to’q odamga o’xshaysiz.

Agar siz chetga chiqib, o’zbeklarning, nafaqat o’zbeklarning, balki o’zbekistonliklarning qozoqlarning, ruslarning qo’llarida xoru-zor, ayollarimizning oru-nomuslari qanchalik poy-mol etilayotganligini, majburan fohishalarga aylantirilayotganligini,qurilishlarda erkak va ayollarimizning ayanchli ahvollarini ko’rganingizda,itday o’lib borayotgan xuquqsiz vatandoshlarimizni ko’rganingizda,bolasining ko’z oldida
haqoratlanib expluatatsiya qilinayotgan erkaklar va ayollarimizning achinarli yuz ifodalarini ko’rganingizda bu gaplarni yozmas edingiz.

Men ham oldin ishonardim Porloq kelajagimizga.Hozir esa yo’q.

Siz Amerikani muvaffaqiyatlarga erishish davrini misol keltiribsiz.Marhamat qilib aytingchi, Amerika rivojlana boshlagan davr iqtisodiyot tezligini,yangilanishlar samarasini hozirgi zamondagi tsvilizatsion o’zgarishlar bilan qanday taqqoslash mumkin?

Sizning gapingiz Tohir Malikovning(iqtisodiyot fanlari nomzodi) “Xalq so’zi”dagi maqolasiga hamoxang. Musulmonchilik astachilik. Bu ibora umuman iqtisodiyotga yod tushunchadir.Astachilik deb zamondan oz emas,ko’p emas 1000 chaqirim orqada yurish aqlga sig’adigan ishmi?

Vaxolanki dunyo taraqqiyoti yashin tezligida ko’tarilib borayotgan bir vaqtda,O’zbekiston Iqtisodiyoti qo’qon aravada sayr qilib yuribdi. Bunga sizga o’xshagan aqllilar xizmatlaridan foydalanilib erishilayotganligini maktab o’quvchisi xam tushunib qolgan.

Men xali juda yoshman,hech nima bilan ishi yo’q katta yoshlilarning so’zlarini eshitib bahslashib qolaman.Shunda ular “Sen hali nimani bilarding”degan javob bilan qutilib qolishadi.

Achinib ketaman kattalarga.Xuddi sizning gaplaringizga o’xshagan gaplarni gapirishadi.

Shunday qilib janob Abdumalik ko’zingizni kattaroq oching deb maslahat beraman yosh bo’lsamda. Biz taraqqiyot asrida yashayapmizu taraqqiyotning ichida yashamayapmiz. Fikrlarimni inkor qilsangiz isbotlab bering!

M. Ozod.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: