O’lmagan mavzu

adabiyot.jpgTuring Buyuk, sizni buyuk ishlar kutmoqda!

– “Jim bo’l, yig’lama, hozir anavi amakiga aytaman ukol qilib qo’yadi”.
Bu so’zlarni eshitgan bolakay yig’lashdan toxtadi va indamasdan o’yini bilan ovora bo’lib ketdi… aslida buning hayratlanarli joyi yoq, yosh bolani tinchlantirish uchun ishlatiladigan oddiy usul, lekin ana shu usul zamirida ham insonni hayotga tarbiyalovchi katta bir falsafa, siyosat yotadi desam adashmagan bo’laman.

“Lo’liga berib yuboraman”…

“Ola bo’ji olib ketadi”…

“Duxtir kelib ukol qilib qo’yadi”…

“Anavi amakingni pichog’i bor, qulog’ingni kesib qoyadi”… qabilidagi gaplarni kundalik hayotimizda deyarli har kuni eshitamiz. Oddiy tuyulgan bu hodisa shu darajada qon qonimizga singib ketadiki katta bo’lib ulg’ayganimizda ham o’sha “tarbiya” alomatlari sezilib turadi.

Chet el safarida bo’lganimda qiziq voqeaga duch kelgandim. Yegulik olishga navbatda turgan odamlar orasida 4 yoshli farzandi bilan bir ayol ham bor edi. Navbat ularga yetib kelganda terlab pishib ishlayotgan sotuvchi ayol bir muddat kutishiga tog’ri keldi.

Haligi ayol 4 yoshli farzandidan unga olib berayotgan sendvichi ichiga nimalar solishini so’rab, sotuvchiga bola nima desa shuni solishni aytdi.

Bu holdan hech kim achchiqlanmasdi ham. Yosh bolaga to’g’ri kelmaydigan sabzavot bo’lsa onasi “bu yaxsi emas balki oylab korarsan? ” degan savol bilan murojaat qildi.

Bola o’ylab ko’rib javob berardi. Beixtiyor k’oz oldimga o’zbek oshxonasi va 4 yoshli o’zbek farzandi keldi… bunday tasvir bizning mentalitetga yot bo’lganligi uchunmi kulib qo’ydim…

G’arbda ikki yoshli bolani ham inson o’rnida kor’ib u bilan kattalardek muomala qilishadi. Sal kattaroq bo’lib aqlini taniy boshlaganda u bilan maslahatlasha boshlashadi. Biror qilgan noo’rin ishi bo’yicha obdon gaplashib bolani sabablarini o’rganib qaror chiqarishga harakat qilishadi.

Bizdachi?

Buning 100 foiz aksi. Kichkina bo’lsa yuqorida aytilgan so’zlar bilan qo’rqitib , aqlini sal tanigan bo’lsa qilgan ayb ishini aybligini tushuntirmasdan bir tarsaki tortib tarbiyalashadi.

Bunisi nima, hattoki 16 ga kirganda ham bola ota-onasini hurmat qilganidan emas qo’rqqanidan aytgan ishlarini bajaradi.

Bu bilan biznig tarbiyamiz buzuq demoqchi emasman, aslo o’zbek farzandlarining kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi buyuk taraflari ham mavjud, lekin umumiy mentalitet rivojlanish borasida hali ham anchagina orqadamiz.

Yaqinda Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning konsertni ko’rib qoldim. Farzand tarbiyasi haqida gapirib turib bir holatni aytib o’tdi…

Napaleon Bonapartni yoshligida ertalab uyg’toshayotganda “turing Buyuk, sizni buyuk ishlar kutmoqda” deb uyg’otisharkan, qarang hatto yosh bolaga ham buyuk deb murojat qilisharkan “men buyuk inson ekanman” men hali buyuk ishlar qilishim kerak degan fikr bolani ongiga yoshligidan singib, ozini hazrati inson ekanligini bilib borar ekan.

Bizdachi? “Tur Hayvon, eshshakka o’xshab sasib yotaverasanmi it, soat nechchi bo’ldi, mollarga qaramaysanmi, ochidan o’ladiku san bezotni dastidan”…

Izohga hojat yo’q, insonni kimlarga, nimalarga taqoslanayotganini izohlashga hojat yoq va shu bola kim bo’lib katta bolishini ham aytishga hojat yoq.

Buni qaranki yoshligida har hil ajinayu ola bo’jilar, pichoqli amakiyu oq halatli duhtirlar kabi qo’rqituv vositalari yordamida tarbiya topgan O’zbek bolasini katta bo’lganda ham o’sha unsurdagi ola bojilar tark etmas ekan.

Faqat ular endi kattaroq, yanada qo’rqinchliroq qiyofada paydo bo’larkanlar. MXX xodimi, Melisa, soliq departamenti, sud xodimi, prokuror kabilar bizning yoshligimizdagi “ola bo’jilarimiz” o’rnini egallaydi.

Inoyatov, Mirziyoyev, Karimov deganlaridan bir umr qo’rqib yashaymiz.

Biror kimning oldiga kelib seni melisa yoki MXX hodimi so’rab keldi deb ko’ring, ko’zi ola kula bo’lib, tili aylanmay qolmasa, demak uni bolaligida qo’rqitishmagan.

Hayotimizda qo’rquvni yengganlar ham talaygina, lekin ularning taqdiri ikkiga ajraladi: biri takalluf qiladi, ikinchisi yuz burib ketadi. Takalluf qilganini vijdoni dorda, pichog’i moyda. Yuz burib ketganlarni esa vijdonida soflik, kallasi esa dorda!

Rivojlangan mamlakatlarda biror bir fuqaro siyosiy arbobdan yoki hukumatdan qo’rqishi, undan tizzasi dag’-dag’ qaltirashi haqida eshitmaganman.

Aksincha, davlat arbobi bilan ko’rishib qolish bahti nasib etsa quvonchlari cheksiz bo’lib hayqirib, qichqirib iliq gaplar bilan qarshi oladilar.

Bizning qo’rqoqligimiz, ko’nglimizning bo’shligi faqatgina siz bilan bizga ko’rinmaydigan o’sha yoshlikdagi “ola bo’jilar” natijasida kelib chiqadi. Mana nimaga O’zbeklar qo’rqadi!

Bu illatni tuzatib bo’lmaydi, oldini olish mumkin xolos. Bolangizni qo’rqitmang! Zero shu ham kelajagimiz, revojlanishimiz omili bolib xizmat qilsin.

Shohimardon Aliev. 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: