Saylov haqida miq etmadi

KARIMOV: “…Inshoollo”
Fayzullo, Toshkent

Bugun 30 avgust kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining mamlakat Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘ldi.

Yig‘ilishda Islom Karimov “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” mavzuida ma’ruza qildi.

Ikki soat davomida o’zini maqtagan Karimov saylov haqida miq etmadi.

Ammo nutqini mana bu so’z lar bilan bitirgani uning maqsadini fosh etadi:

“Mana shu o‘tgan yillar davomida mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli, tom ma’noda tarixiy davrda doimo yelkama-yelka turib, qanday ulkan va olijanob ishlarni amalga oshirganimiz, buyuk kelajagimiz poydevorini o‘z qo‘limiz bilan barpo etayotganimiz barchamizga har qancha faxrlanish, bosib o‘tgan yo‘limizni minnatdorlik bilan eslash uchun asos beradi.

Ishonchim komilki, Vatanimiz istiqbolini o‘ylab boshlagan barcha ulug‘ ishlarimizni albatta oxiriga yetkazamiz, o‘zimizning ezgu maqsad-muddaolarimizga erishamiz, inshoollo“.

Demak saylov haqida boshqalarni gapirtirmoqchi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: