Amerikada o’qib, Vatanga qaytgan o’zbekning iztiroblari

Sherzod B. Ruzmetov

Naqadar “totlik” bu “ozodlik”!
Toshkentda kechgan har bir kunim iztiroblarga to’la-ki, gapiray desam qayerdan boshlashni bilmay, dovdirab qolayapman. Yozaman desam satrlar ichida o’zimni yo’qotib umrida birinchi bor insho yozayotgan o’quvchimisolman.

Xalqqa nisbatan ko’rsatilayotgan adolatsizliklarni ko’rib, xalqimning ko’z o’ngimda oyoq-osti bo’layotganini tamosha qilishdan iztirobdaman.

Hukmron tizim butun shaharga go’yo o’zining xovlisiday qaraydi. Xohlagan yo’lni bekitadi. Xohlagan musulmonning yo’lini to’sadi. Meni esa kun ora ko’chalarda to’xtatib “sumkangizda nima bor” – deya odamlarning orasida tintuv ham qilishadi. Kuniga ikki martalab so’roq qilingan kunim ham bo’lgan. Men esa birovga ozorim yo’q, goh suralarni takrorlab, goh o’zimning hayolim bilan yuraman. Nahot o’z shahrim, Vatanimda ozod emasman! Konstitutsiyada menga va’da qilingan dahlsizlik huquqim qani, uni kim kafolatlaydi?!

Yashil kiygan laychalarning mening kompyuter solingan sumkamga o’qrayib qarashganini ko’rsam dilim shuvullaydi – men tintuv qilinadigan kun bugunmi? –deyman.

Ishxonam “O’rda maydoni”da joylashgan. Eng yaqin metro bekati “Mustaqillik maydoni” bo’lib, unga eng qisqa yo’l “Xotira maydoni” orqali o’tadi. Bugun ham huddi shu yo’lakdan yurayotgan edim, “sumkangizda nima bor” – deya ming birinchi marta to’xtatishdi. Men esa “shaxsiy narsalarim bor” – deya tintuv qilishlariga rozi bo’lmadim. Axir qachongacha davom etadi. “U holda bu yerda yurolmaysiz” – deb, meni orqaga qaytarib yubordi. Rozi bo’ldim. Chunki Navoiy ko’chasi orqali “Xotira maydoni”ni aylanib o’tib ham metro bekatiga borsam bo’ladi. Ammo ular meni orqamdan yugurib kelib, agar tintuv qilishlariga ruxsat bermas ekanman, bu yerda ham yurushim mumkun emasligini aytib, meni Navoiy ko’chasini narigi betiga kesib o’tishga majburligimni aytishdi.

Shom namoziga ulgurish uchun axiyri nochorligimdan sumkamni tintuv qilinishiga rozi bo’ldim, va achchiqimdan “o’z xalqingga zulm qilayapsan. Zolim!” – dedim. Zero mendan oldinda ketayotgan chet ellik turistlar guruhi men yurgan yo’ldan bemalol yurib ketishayotgan edi. Ular na tintuv qilindi, na ularning yo’llarini to’sildi.

Mening iztirobimga sabab Xalqning axvoliga guvoh bo’lish, zero men ham o’sha xalqning zarrasiman.

Yashasin Xalqparvar Davlat! Yashasin ozodlik; naqadar totlik – bu ozodlik.

Gohida laychalarning barchasini bir boshdan qirgim keladi. Mazlum xolimda o’zimni muzaffar xis qilsam, naqadar totlik bo’lardi bu ozodlik!

Davlatim qurisin, baloga uchrasin,
Sochmish Yurtim uzra bunday soyasin!

(Manba)

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: