Nasr

INQILOB “CHAVANDOZI”
Har kuni kechki soat beshda Noila sotayotgan sigaret, qand-qurslarni yi’gishtirib uyiga yo’l oladi. Bugun ham yayov yurib uyiga qaytarkan, non va sabzavot olish kerakligini eslab, mahalla boshidagi bozorcha tomonga qarab yo’l oldi. Hayol surib bozorcha tomon yo’l olarkan, katta yo’ldan mahbuslar uchun mirshablarning maxsus mashinasi uning hayolini buzib o’tb ketti. Bir muncha vaqt o’tib, mashina qaytib keldida, ikki mirshab uning yoniga tushib kelishdi.
– Biz sizni maxsus buyruq bo’yicha tuman ichki ishlar bo’limiga olib borishimiz kerak.
– Nega? Nima uchun? Men nima qildim?
-IIBga borish uchun biror narsa qilish shart emas.
Ular ayolni mashinaga chiqarishdi va besh daqiqadan so’ng IIBga olib borishdi.
Uni bir keng xonaga olib kirishdi. Xonada qo’liga kishan solingan o’ttiz yoshlardagi kishi yonida ikki erkak va yosh qiz turardi.
Shu payt xonaga mo’ylovlari ustki labini qoplagan, nigohi qo’pol bir erkak kirdida, sigaretini tutata boshladi.
– Qarshingizdagi jinoyatchi bugun sizlarning hayotingizni hal qiladi. Bu ablah O’zbekistonning bin lodenini qayerdaligini biladi, ammo aytmoqchi emas. Sizlar uni ko’ndirishlaringiz kerak va o’z hayotlaringizni saqlab qolishlaringiz kerak, sizlarda yarim soat vaqt bor. Har holda vatanparvarsanku, bularni o’lib ketishini hohlamassan – deya tashqariga chiqib ketti.

Yonidagi kishi unga yuzlanib:
-Nima gap? Hech narsaga tushunmayapman. Nimaga to’rtalamizni bu yerga yig’ib kelib hayotimizni senga bog’lab qo’ydi? Tushuntirsangchi.
– Men ham tushunmadim. Ko’chadan tutib keltirishdi, lekin nima gapligini hali ham tushunmadim. -dedi Noila.
Kishanband kishi so‘z boshladi:
-Gap shundaki, kelasi hafta butun respublikada revolyutsiya bo’lishi kerak. Bunday revolyutsiyani faqat bir kishi tashkil eta oladi va bu revolyutsiya allaqachon tayyorlangan. Bu revolyutsiyaning boshlanishi uchun dushanbagacha u kishi omon qolishi kerak. Uning qayerdaligini faqat men bilaman. Uning qayerdaligini aytmasam bittadan sizlarni har hil ayblar bilan qamamoqchi. Hohlasa cho‘ntagingizga nasha soladi, hohlasa uyingizdan varaqa topadi.

-Men jarrohman -dedi ulardan biri. Mening to’rtta bolalarim bor. Ularning holi ne kechadi, kim ularga qaraydi. Qanday vijdoning chidaydi bir kishi uchun bizlarni itdek qamalib ketishimizni tomosha qilish.
-Men o’qituvchiman. Yuzlab yoshlarga ta’lim beraman. O’zimning uchta farzandlarim bor. Mana bu ayolga boq, uning ham farzandlari bordir. Qanday vijdoning chidaydi, qanday bir umr yashay olasan, shuncha odamlarni o’limiga sababchi bo’lib.
– Men o’sha insonning umrini saqlab qolsam, millionlab o’zbeklarning ozodligi, erkinligi, ro’shnoligi ta’minlanadi. Tasavvur qilyapsizlarmi? Ozodlik. Har bir inson ozod bo’ladi. Sizlarning farzandlaringiz, yaqinlaringiz hammasi ozod bo’lishadi. Zulmdan, qullikdan qutulishadi. Boshqa yurtlarda ho’rlangan, qora tuproqqa botgan o’zbeklar ham ozod bo’ladilar. Bularning hammasi o’sha insonning tirik qolishiga bog’liq. Tushunayapsizlarmi? Ozodlik bo‘ladi!

-Mening bolalarim allaqachon meni kutib yig’lashayotgandir. Sening ham farzandlaring bordir. Hech bo’lmasa mening farzandlarimga rahming kelsin -dedi Noila.
Jarroh so’z boshladi.
– Bu ablahni deb o’lib ketaveramizmi? Bu hukumatga qo’l ko’tarchi, qani nima bo’larkin. O’sha sen aytgan revolyutsiyada ham hamma begunohlar qirib tashlanadi. O’sha bitta odamni umrini saqlab qoldim deb, bizni, yana qanchadan qancha tinch aholini qurbon qilasan.
– Ha, bu kishi to’g’ri aytyapti. Bizni ko’chadan tutib kelib, bekordan bekorga hayotimizni senga bog’lab qo’ygan hukumat, unga qarshi chiqqan hammani birday qiradi. Shuni tuhunmaysanmi? Yaxshilikcha ayt. U qayerda? Iltimos bizning hayotimizni, bolalarimiz hayotini havf ostiga qo’yma -dedi o‘qituvchi.

Shu payt biror og’iz ham so’z aytmagan yosh qiz ularning gapini bo’ldi.
– Mening ikki akamni o’tgan yili “Hizbut tahrir”da ayblab 15 va 18 yilga qamashgandi. Kichik akam ikki oy avval qamoqda, qiynoqdan halok bo’ldi. Katta akam sil kasalligidan og’ir hasta. Do’xtirlarning aytishicha uzog’I bilan yarim yil yasharmish. Otam yoshligimda olamdan o’tganlar. Onam ikkimiz qoldik. Bizga hamma xalq dushmani deb qarashadi. Uyimizga kelgan sovchilarga ham mahalladagi fitnachilar “Bular vahhobiylar, xalq dushmanlari” deb ularni ham sovutib, bizni yakkalab qo’yishdi. Mening yo’qotadigan hech narsam qolmadi. Men bunaqangi hukumatga tupurdim.

Shu payt jarroh va o’qituvchi yosh qizga qarab kela boshladilar. Ikkalasi uni urguday vajohat bilan unga yaqinlasha boshladilar. Shu payt Noila qizning oldiga o’tib ulardan himoya qildi.

-Uyalmaysizlarmi? Ikki erkak ayolga qo’l ko’tarishga. Sen ham bunday gaplarni gapirma. Sening yo’qotadigan hech narsang bo’lmasa mening yo’qotadigan narsam bor.

Shu payt jarroh Noilani qo’lidan tortib qizdan uzoqlashtirdi. O’qituvchi yosh qiz tomon ketardi. Shu payt kishanband kishi o’rnidan tudida, qizning oldiga tushib o’qituvchini yo’lini to’sdi. O’qituvchi kishanbandning bo’ynidan bo’g’moqchi bo’ldi. Ammo kishanband ancha baquvvat edi va jarrohni ortga itarib yubordi. Noila bor ovozi bilan.

-Qanaqa iflos hoinsan? Seni deb hammamiz o’lamiz. O’sha ozodliging bilan qo’shmozor bo’l. Hammamizni o’ldirasan sen. Nimang kam seni? Mana shu tinch hayotimiz senga yoqmayaptimi? Yoqmasa ket bu yerdan. Yoqqan joyda yashayver!

Su payt honaga boyagi mo’ylovli kishi nigohi undan ham sovuq boshqa bir kishi bilan kirib keldi va unga yuzlanib:
– Ko’rdingmi? Aytdimku senga, bu mamlakatda yaqin 10 yil ichida revolyutsiyaning bo’lmasligi ta’minlangan. Agar shuncha halq to’planganda ham ularning oralariga to’rtta provakator qo’yib yuborsang bas. Olam guliston. Sizlar bo’shsizlar, hammangizga javob. Tuya ko’rdingmi yo’q.
Agar bu gap tashqariga chiqsa, keyingisi chinakamiga bo’ladi, bu safargisi kabi emas. Aytgancha, haligi yosh qizga aytmoqchiman. Buguncha sening gapirgan gaplaringa e’tibor bermaymiz, ammo nazoratda bo’lasan.

Ikki erkak va ikki ayol chiqib ketishgandan so’ng. Kishanband kishiga mo’ylovli kishi:
-Yomon emas, mana shunaqa ikkita rol o’ynab bersang, mayor unvonini beraman. Shekspir ham tirilib kelib sen uchun alohida asar yozib ketadi. Mayli hamma ishiga bo’lmasa, men bu eksperiment boyicha boshliqqa hisobot yozaman – deya uchalasi o’z ishiga qaytishdi.
TOHIR JO’SHQIN.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: