Mamlakat ichidan

SALAY MADAMINOV (Muhammd Solih)GA OCHIQ  XAT

Salay Madaminovning yo’qolib borayotgan “nomus”i va bu borada keyinchalik tug’ilgan fikrlarga javoban boshqa “tahalluslar” bilan keltirgan izohlari (“Nomus”ni o’qib tug’ilgan fikrlar”, “Bir guvohning hotiralari”) borasida to’htalar ekanman, mazkur mulohazalarimga hech qachon “o’qib, javob bermasada” aynan ugina javob bera oladigan savollarni baham ko’rmoqdaman…

Dastavval Salay Madaminov shahsining qoralanishi borasida

Sobiq Ittifoq davrida sizning nomingizni qoralash kimga kerak bo’lgan-u, bu vazifani kim amalga oshirgani biz uchun qorong’uligicha qolaversin. Ammo ayni damga kelib “uning o’zgargani, saviyasi pasayib ketganini” borasidagi qayg’urishlaringiz naqadar xaqli ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ofarin, saviya pasayganini juda to’g’ri idrok etibsiz. Ammo “qorabo’yoqchilik” saviyasining aynan sizning saviyangiz darajasigacha pasayganini hech idrok qila oldingizmi? Sizni o’z saviyangizdan ham baland qilib qoralab bo’larmikan? Buni o’z “hammaslaklaringiz”dan bo’lak hech kim eplay olmasa kerak.

G’iybatning naqadar gunohligi, Ollohdan kimning qay darajada qo’rqish bu Oliy darajada muhokama qilinadigan, ajir chiqariladigan masala. Fikri ojizimcha siz bu darajadagi ishlarga ham aralashishmasdan, o’z miqyosingizdagi “ishlaringizni” tartibga solib olganingiz maqul.

Sizning “o’qimayman”, “kirmayman” degan iddaolaringiz Salay Madaminov faqat uzbekistanerk.org sahifasi doirasida cheklanib qolar ekan degan hulosaga olib kelmoqda, go’yo bu yerda “o’laksaho’rlik” qilinmaydigandek. Yoki o’zingiz tilga olgan “dahshatli gunohga sherik bo’lmaslik uchun” bu sahifaga ham kirmaysizmi?

Grantlar masalasida

“Erk partiyasi hech kimdan grant olmadi” deyapsizmi? Siz haqiqatdan ham Salay Madaminovmisiz, yoki boshqa birovlarni “og’riyapti” deb iddao qilayotganingiz hastaliklar nomini o’zingizga shifokorlar tomonidan qo’yilgan tashhis natijasida o’rganganmidingiz?Marhamat qilib sizning umuman habaringiz bo’lmagan “Uzbekistan Online Forum”i ishtirokchilariga Salay Madaminov bergan javoblar bilan tanishib chiqing. Unda Erkning “asosan do’stlar homiyligiga tayanishi” borasida gap boradi. Siyosatdan sizda bir hususiyat bor, chiroyli aldaysiz, garchi hamma vaqtdagidek orqasidan qovun tushirib qo’ysangizda. Hususan pul masalasida doim sheriklaringizni chuv tushirgansiz, chuv tushirmoqdasiz, bunga o’nlab hujjatli dalillar keltirilgan, vaqti kelib barchasi oydinlashadi. Atrofingizda “eskilardan” hech kim qolmaganining ham, mafkurangiz yo’qolganing ham sababi shu pullar. Shunday ekan, dumbani yegandan keyin, og’iz-burunni artmasdan turib “Men yemaganman!” demang. Grant masalasidagi ikkiyuzlamachiligingizni hisobga olib bu borada ortiq to’htalishni lozim ham topmayman, zotan bu mavzuda siz eng yaqin hammaslaklaringiz bilan ham kelisha olmagangiz.

53-54 kvartiralar masalasida

Avvalo kvartiralarni olmaganingizda uni raqamlarigacha aniqlik bilan hech kim yozmagan bo’lardi. Bu yog’i ham grantlar masalasidagi kabi qovun tushirish. Abdurahim Po’latning ikkala sahifasi ham Erk sahifasidan informatsion jihatdan yuzlab marotaba ustun turadi. Birinchidan, garchi umuman kirmaganlikni da’vo qilayotgan bo’lsangizda, biror kimsaning sahifasiga baho berishdan oldin o’zingizning sahifangizga bir nazar solsangiz bo’lardi, halqning dardiga oid biror narsa bormikan? Ikkinchidan siz halqni dardi degan tushunchani qachon o’zlashtirdingiz? Sizniki “hukumat dardi”dan nariga o’tganini ko’rganlar bormikan? To’rtta tug’magan hotinni birlashganini ko’rsangiz “Men ham tug’maganman, shuni uchun qo’shilaman, faqat Boshliq bo’lib” demasangiz men hayron qolgan bo’lardim. Sizni AQShga nihoyat DO’K a’zosi sifatida chaqirishganida “Men birlashgan muholifatning otasiman” deb ovoza qilmaganingizda bu firklar tug’ilmagan bo’lardi. Yana “Demokratik Kongress qurgan emish” deb yozipsiz-a? U kishi qancha qilgan mehnatini bir soniyada o’zlashtirishga harakat qilib, hech narsa chiqara olmagach yana e’tiroz ham qilasizmi? Siz hukumat da’vogarisiz, halqni o’ylagan odam bunchalik yakkalanib qolmasdi, bunchalar pastlashib ketmasdi Sobiq Muhammad Solih janoblari.

Abdumannob Po’latov janoblariga ijozat berilganida, e’tiboringiz uchun muhtaram Salay Madamimov, u O’zbekistonga qaytgan. Ammo shart-sharoitlar ta’qozosi bilan yana mohojiratni tanlash majburiyatida qolgan. Bu hukumatning “men ruhsat berdim, o’zlari hohlashmadi” qabilidagi bir o’yini bo’lgan, bunday o’yinlarni tushunib yetmaganingiz yetmagandek, ularni o’zlariga qarshi ishlatishdanda qaytmaysiz-a? Ko’p taajjub!

Samarqand mafiachisi, Demokratik Kongress, va va’da qilingan suyak borasida

Yozuvlarini o’z manfaatingiz yo’lida o’zgaritirib chop qildirganingiz va bu bilan o’z obro’ngizni orttirganingiz hujjatlashtirib qo’yilgan bir zamonda, nimani nazarda tutib “Muholifatga aloqasi bo’lmagan holda o’zini muholifatchiman deb tanitib Amerikadan boshpana olgan yana bir kimsa” haqida gapirmoqdasiz? Muholifatga aloqasi bo’lish agar siz o’ylaganchalik faqat “muholifatchilar aro yakkahokimlikka da’vogarlik, tenghuquqlilik asosida ishlashdan bosh tortish” bo’lsa, albatta siz aytgan kishining muholifatga umuman aloqasi yo’q. Ammo u kishining siz tasavvur qiladigan muholifatga aloqasi bo’lmasligi, umuman muholifatga aloqasi yo’qligidan dalolat bermaydi, buni idrok eta olsangiz edi, buncha mashmashalarga yo’l qo’yib o’tirmasdingiz, muholifatni birlashtirish yo’lida ko’tarilgan o’nlab tashabbuslarning “o’lik tug’ulishi”da asosiy rol o’ynamasdingiz!

Muhtaram Salay Madaminov, sizni men umuman shunday hisoblamasamda, siyosatchi deb bilishadi. Shunday ekan yozayotgan fikrlaringizda sal e’tiborliroq bo’lish lozim. Sizga qo’yilayotgan hujjatlarga asoslangan tanqidlarga javoban “Samarqand mafiasidan pul olgan, uni aldab ketgan” degan so’zlar yarashmaydi, reputatsiyangizni yanada tushirib yuboradi, asl qiyofangizni yanada ochib qo’yadi. Sizga Jahongir Mamatovning mafiachidan pul olganini o’sha mafiachining o’zi aytganmidi? Balki o’sha mafiachining “Aldab pulimni olgandi, qaytib bermayapti” qabilidagi videomurojaatini ham sahifangizga qo’yib qo’yarsiz? Siyosatda salgina bo’lsada faktlar bilan gapirish kerak, bugundan boshlab sizga hammaslak bo’lmasamda sizga shuni maslahat beraman, yoningizdagi bunday ishga qodir bo’lmaganlardan farqli o’laroq.

Shukrulla Mirsaidov sizga o’z ta’biringiz bilan aytganda “Suyak tashlamaganmidi?”, yoki sizga o’sha kuni kechqurun bo’layotgan voqealardan habardor bo’lib qolgan Karimov sizni va Erkin Vohidovni ziyofatga chaqirib kattaroq suyak va’da qilmaganmidi (garchi chuv tushurgan bo’lsada, sizni hojathona qog’ozi singari bir marta foydalanib, ustingizdan muzdek suv quyib yuborgan bo’lsada)? Nega siz bir o’zingiz chiqib ularning oyog’ini yalagandingiz o’shanda? Siz aytgan kishi sizdan farqli o’laroq Karimovning ishdan ketish ketmasligidan qat’iy nazar unga qarshi gapirib kelmoqda. O’ziga mansab berilsa ham (siz aytgandek tiz cho’kkani uchun emas, “tinch yurarmikan?” degan maqsadda!), tahdid qilinsa ham, mafkurasini o’zgartirmagan. Sizga o’hshab “Ketmaguncha gapirolmay” panada pisib yotgani yo’q! Bu men ochgan Amerika emas, buni hamma biladi!

Sizda kini bor bo’lsa, bejiz emasligini yahshi bilasiz! Shuning uchun ham “safdosh ukalaringizdan biri maslahat bermaguncha” hech nima deyolmay pisib yotgandingiz! Garchi odati bo’yicha Jahongir Mamatov “Nomus”ingizga “izoh” berishlarini aniq bilsamda, men ham qarab tura olmadim. Chunki bu masala ikki shahs o’rtasidagi shahsiy munosabatdan ancha ildamlab ketganini yahshi bilaman. Ammo siz hali ham masalaga yosh bolalarcha, argumentlarsiz yondoshmoqdasiz. O’sha safdosh ukalaringizni maslahatini ham tinglamay, jim yuraverganingizda to’kilib borayotgan obro’ngizni bu qadar “quyilib” ketishdan ancha saqlab qolgan bo’lardingiz.

Salay Madaminovning manfaatlari, yangi tahalluslar va diktatura xaqida

Manfaatlaringiz oldida biror kishining qiziqishlari, qarashlari u yoqda tursin, hayot-momoti ham aslo ro’l o’ynamaydi. Ayni sababdan “Bir guvohning hotiralari” sarlavhasi ostida o’zingiz “Nomus”da keltirgan “faktlar” yuzasidan tasdiqlash ishlari olib borgansiz. Holbuki, o’sha vaqtda siz bilan birga bo’lgan, hozirda O’zbekistonda biznes bilan shug’illanayotgan kishi o’la qolsa ham sizning bu be’manigarchiliklaringizga aralashmagan bo’lardi. Bu ish bilan u o’z biznesini, hayot havfsizligini va oilasi hotirjamligini hatarga qo’yishi kundek ravshan. Shunday ekan o’sha aslida mavjud ammo, umuman hech narsadan behabar kishi nomidan fikr bildirish, bu faqat sizning qo’lingizdan keladi- bunga Jahongir Mamatovning yozuvlarini manfaatlaringiz yo’lida o’zingiz hohlagancha o’zgartirib foydalanganingiz isbot! Siz manfaatingiz yo’lida nafaqat birovning ijod mahsulini, balki hayot-momotini, oilasi hotirjamligini ham qurbon qilib yubora olasiz. Bu borada dunyodagi barcha diktatorlar ham ip esha olishmaydi.

Va nihoyat siz aytgan nomus haqida

Ha, siz shoir edingiz. Balandparvoz nutqlar sohibi. Ammo adabiyotda o’z o’rningizni topa olmadingiz. Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar singari halqqa tanilganingizda, omadli ijod qilganingizda sizni bugun yahshi mansab, davlat avtomobili, hotirjam hayot va albatta Fransuz konyagi kutib turgan bo’lardi. Bu sohada omad chopmagach siyosatdan ayni sharoitlarni qidirdingiz. Ha, siz Ovrupo aralashmasdan oldin ham, grantlar o’rtaga chiqmasdan oldin ham manfaatingiz yo’lida ne-nelar qilmadingiz. Ne ajabki siyosatda ham sizning omadingiz chopmadi. Ammo shu nomiga siyosatga kirganingizni, hammasining ortida shahsiy manfaatingiz yotganini hamma ham bilavermaydi. Endi o’sha omadsiz adiblik bilan, chala siyosatchilikni mujassam qilib “Faqat qalbimizda yongan bir otash bor edi, bir vatan sevgisi bor edi va Nomus!” holiga keltirdingiz.

Siz O’zbekistonni o’z hohishingiz bilan tark ettingiz, mafaatlaringiz to’qnashib ekstrimistik harakatlar bilan chuqur hamkorlikka kirishmaganigizcha (hatto farzandingizni ham ularga qo’shib tayyorlov lagerlariga yuborishga borib yetgansiz) siz uchun O’zbekistonda hech qanday muammo tug’ilmagan edi. Demak bu siz aytgan nomus, vatanga muhabbat emas, oddiygina qilib aytiladigan “qanday qilib bo’lsada hukumatni egallash ilinjidir”- shahsiy manfaatdir!

“Faqat qalbimizda yongan bir otash bor edi, bir hukumat sevgisi, va bir Nafs!”

Hoshimjon Suvonov,

Bugundan boshlab sobiq “ERK”chi.

24 May, 2007 yil. 

2 Responses

  1. Juda yaxshi analitik maqola. Biz yoshlar ko’p bo’lib o’tgan voqealardan xabardor emasmiz. Kelajakda hozirgi kun oppositiyasi haqida yozib ma’lumotlar berishimiz uchun mana shunday maqolalar kimning kimligini bizga to’g’ri anglatadi va tarix sahifalari soxta bo’lmagan fikrlar bilan boyitiladi. Bu kelajak avlod uchun juda kerak. O’zbekistonning mustaqillikdan keyingi davri haqida aniq ma’lumotlat oz. Bu yo’nalishda Jahongir aka o’z bilganlarini yozganlar va boshqalar ham yozmoqdalar. Mana shu sahifada chiqqan “Quvg’in”, “Zehniyat jumbog’i” va boshqa kitoblar juda foydali.
    Tarixni oddiy odamlar yaratadi geyilganidek, sizlardan iltimos, hamma ko’rgan – bilganini yozib qoldirsin. Faqat xorzamlik aka-uklarga uxshab uydirma yozmanglar. Fakt bilan yozinglar.Bir kun kelib mana shu faktlar asosida mustaqillikning haqiqiy tarixi yoziladi. Rahmat.

  2. […] демократ дўстларимиз ҳам бор. Улардан бирининг очиқ хатини бир неча кун олдин эълон қилган эдик. Шунингдек, […]

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: