Nuqtai nazar

Muxolifat ”tozalari” shu bo’lsa…

To’grisi muxolifatni tez-tez tanqid qilib turaman, sababi o’zbek muxolifati qanchalik o’zini oppoq qilib ko’rsatishga urinmasin,qanchalik qilmishlarini pardalarga o’ramasin,uning xato va kamchiliklari ko”rinib qolaveradi. O’zbekistonda inson huquqlari himoyachisiman, deganlarning ko’pchiligi haqida ham ayni shu gapni aytish mumkin. Tilda boshqa, dilda boshqa maqsadlarni ko’zlagan diktator Karimov rejimi qanchalik tanazzulga yuz tutgan esa muxolifat-u inson haqlari ham ayni yo’lda. Go’yo Karimov rejimi bilan quvlashmochoq o’ynab, ”sendan men o’zaman” qabilida boryapti.
Muxolifatni nega tanqid qilaman,sababi xatolarimizdan xulosa yasab,biror bir yilt etgan umid uchqunini ko’rgim keladi.Afsuski kundan-kunga kun battar,deganday muxolifat ham,ayrim inson haqlari daholari ham shaxsiy manfaatlarni yigishtiraylik,deganday gapni aytishadi-yu aslida aynan o’sha shaxsiy manfaatlar yo’lida halak.

Kecha, o’zbekistonlik, avvalroq xorij OAVdan birida hamkorlik qilgan yosh yigit bilan suhbatlashdim.Uning aytganlarini eshitib,”nahotki”,deya hayratdan yoqa ushladim.Inson zoti naqadar olchoq bo’lmasa,naqadar tuban bo’lmasa.Ishonsangiz tuni bilan uyqum qochdi.To’grisi avvaliga bu holda nima qilish kerak ,degan savolni o’zimga-o’zim berar ekanman,avvaliga ”bor-e”,deb hammasiga qo’l siltayman,degan o’yga ham bordim.

O’zi nima gap bo’ldi,deb qiziqsangiz kerak.Mana o’sha suhbatdosh aytgan gaplarni eshiting:
”Ancha-muncha chinakam demokratiyaga,haqiqatga ishonardim,bugun esa ishonmayman.Chunki bunday bo’lishiga quyidagi voqea sabab.Bundan 5-6 yillar burun men ergashgan inson huquqlari boshlaridan biri ”uka,men sizni chet el OAVdan biriga ishga joylab qo’yaman,ular yahshi maosh to’lashadi,maosh olganda meni yoddan chiqarmay, yo’qlab turarsiz”,deb qoldi.To’grisi, jurnalistlik bolaligimdan orzuyim,ayniqsa halqaro jurnalistika sohasida ishlash zavqi rom etdi.

Inson haqlari bilan shugullanuvchi dongdor,nomdor ”oqsoqol” va’dasining ustidan chiqib,meni ishga joyladi,men esa o’z navbatida har gal maosh olganimda uni eslab,yo’qlab,o’z nomi bilan aytganda cho’tal berib turdim.Buni men ”muxolifat ishiga,inson haqlari ishiga qo’shayotgan hissam ,deya hisobladim.Oqsoqol ma’lum bo’lishicha mendan tashqari yana 3-4 menga o’xshagan jurnalistni ishga joylagan ekan.Ulardan ham cho’tal olib turarkan.Keyinchalik oqsoqol hammamizni o’zi istagganday bir joyga to’plab tez-tez yo’l-yo’riqlar ko’rsatib turdi.

Oqsoqol bizdan olgan pullar va O’zbekistonda inson haqlari tashkiloti tuzib,ro’yhatdan o’tkazaman,inson haqlari ahvolini yahshilash kabi mavzularda biz ishlayotgan xorij matbuotida mavqeini ko’tarar va shu barobarida o’zi tugilgan viloyatda ko’p qavatli uyini ham ko’tarib bordi.Atrofdagi ko’zlar uchun ”hashar yo’li bilan qurildi”,degan o’y bilan bizning o’zimizning kuchimizdan ham foydalanib turdi.Yo’nalishda qatnab, daromad keltirib turadigan bir necha ”Damas” rusumli mikroavtobuslar sotib oldi.Bu haqda uning hamkasb-raqobatchilari bilib qolib har tomonga bu haqda ovoza qilib yubordi.Nomi chiqib qolgan oqsoqol esa ”bu gaplar hammasi tuhmat-bo’hton”deya bayonotlar berdi.Biz esa uning raqiblarini iloji boricha oyoqlaridan tortishga harakat qildik.

Andijon voqealari yuz berdi-yu xorij OAVda ishlayotganlarga ish qolmadi.Demakki bizning ham, oqsoqolning ham tirikchiligi oqsay boshladi.Dastlab biz ,ortimizdan esa oqsoqol ham Vatanni tark etdik.Lekin bu erga kelib ham turli halqaro tashkilotlardan grant undirish harakati davom etyapti.Oqsoqol yana bosh.Men ularga qo’shilmasligimni aytgan edim.”Ko’rnamak”deya chunonam haqorat qildiki, asti qo’yaverasiz…”

Yigitning undan keyingi gaplarini eshitishga na shuurda,na jismda jon qoldi.Chunki u aytayotgan oqsoqolni men ham tanirdim.Uni muxolifat,inson haqlari himoyachilari orasidagi toza insonlardan ,deb bilardim.Afsus adashgan ekanman.Ushbularni chizarkanman,yurakda armonli sanchiq turdi va u savolga aylandi: muxolifat ”toza”lari shu bo’lsa, ifloslari nima qilishib yotibdi ekan?

Rizo OBID.
(www.rizobek.ucoz.ru)

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s