Nuqtai nazar

O’zbekistonda pushaymon bo’lmagan kim bor
O’zbekistonda pushaymon bo’lmagan biror bir kishi bormi?
Mustaqillik yillarida Karimov qatag’oniga uchramagan jamiyat vakili kam qoldi, nazarimda. Qatagon mashinasining gildiragi deyarli har bir kishini ozmi-ko’pmi tegib o’tdi, deyilsa yanglish bo’lmas. Nafaqat O’zbekiston fuqarolari balki chet el fuqarolari-yu,Halqaro tashkilotlar vakilllarining ko’pchiligi ham zolim zulmidan bebahra
qoliishmayapti.

Human Rihts Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti Toshkentdagi vakolatxonasi direktori Andrea Berg xonim ham tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov huzuriga chaqirilib, akkreditatsiya muddati 3 oyga uzaytirilib, pushaymon bo’lishga undalmadimikan?

Bugun sud qilinib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan huquq himoyachisi Gulbahor To’raeva ham pushaymon yedirildi. U endi har kuni pushaymon bo’lib turmasa, qayta chaqalog’ini ko’radimi yo’qmi qorong’u.

Yaqin orada taniqli inson huquqlari himoyachisi Umida Niyozova ham sud qarshisida ”pushaymonman”, deb tursa ajablanmaymiz.Chunki qatagon mashinasi kapitani Karimov dahshati oldida har qanday tirik jon darrov pushaymon bo’lishi mumkin.Pushaymon bo’lmayman,deganlarning esa holiga havas qilgulik emas.

Undaylar 3 yilga ozodlikdan mahrum etiladilarda yo o’lib qutuladilar, yo qancha muddat temir panjaralar ortida qolish muddatlari mavhum bo’lib qolaveradi.
Masalan, 1982 yil avgustida hibsga olingan o’sha mashhur Ahmadjon Odilov 1990 yil noyabrida ozodlikka chiqdi-yu, oradan ko’p o’tmay 1992 yil bahorida qayta hibsga olinib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Uning o’g’li Anvar Odilovdan: ”otangiz turmadan chiqay, deyaptimi”, deya so’rasam:”he, qayoqda, deysiz, otamga shaxsan Karimov nomiga pushaymonlik bildirib, xat yozmaguningizcha chiqarmaymiz”, deyishyapti. Otam esa:”qaysi gunohim uchun pushaymon bo’lib, Karimovdan avf so’rayman,deyaptilar”, deydi.

Xullas hozirgacha to’qib-bichib jinoyatchiga aylantirilgan minglab odamlar qilmagan qilmishlaridan pushaymon.

Ayrim O’zbekistonni, unga hukmronlik qilayotgan Karimovni yahshi bilmaganlar,”nega gunohsizlar qamalaveradi,nahotki hech narsadan hech narsa yo’q,Karimov ,deganlari qamayveradi”,deya hayron bo’lishadi.

Qamalganlarning ko’pchiligini xuddi Stalin davridagi kabi xufyalar yoqtirmay qamalganlari ham bor. Ozgina pul,deya vijdonini jigildonga almashtirayotgan soxta guvohlar,yohud kuchishlatar tizim qahriga uchrashdan qo’rqib ko’rgazma berayotgan soxta jabrlanuvchilar afsus bugun O’zbekistonda istalgancha topilishi hayratlanarli hol bo’lmay qolgan.

Namanganda Soliha ismli yosh kelinchakning ko’z-yoshlar bilan aytgan mana bu so’zlari hali-hanuz yodimda:”menga o’ynash bo’lmasang holingga maymunlar yiglaydi”,debdi IIB ishlaydiganlardan biri. Soliha IIB xodimi taklifini rad etgan. Oradan ko’p o’tmay 1993 yilda uning turmush o’rtogi 3 yilga qamalgan,mana hozirgacha u qamoqda.”Vahhobiy” emish.Uzzukun dala boshidan kelmay ketmon chopardi,qanaqa vahobiy bo’lishi mumkin,deydi Soliha.

Xullas bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
O’zbekistonda bir kimsagina haqiqiy sodir etgan jinoyatlari uchun pushaymon bo’lmaydi. U zolim diktator I.Karimov.

Rizo Obid.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: