Ajab dunyo

Latifaomus hayot
Fayzullo, Toshkent
HAMDARD

Karimov imozlagan va akaxoni Putinga yo’llangan hamdardlik maktubida:
”Boris Nikolayevich o‘zining boy tajribasi va bilimi, samimiyati, Rossiya taqdiriga bo‘lgan yuksak mas’uliyati va burchini chuqur his etishi bilan Rossiya Federatsiyasida ham, xorijda ham haqli ravishda hurmat-e’tibor qozongan edi.

Rossiyaning mustaqil davlat sifatida shakllanishining yangi bosqichi BorisNikolayevich nomi bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatda erkinlik va demokratiya sari yo‘l ochgan tub o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi” deb yozilgan.

Negadir Yeltsin mast bolib dumalab tushayotganda uni qo’ltig’iga kirib, arang tutib qolgani Karimovning yodidan chiqqan ko’rinadi.

BEZBET AKMAL SAIDOV

Toshkentda “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari himoyasi sohasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. ishtirok etdilar.

-O‘tgan davrda xalqaro huquq normalari talabiga ko‘ra yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning nainki konstitutsiyaviy-huquqiy asosi va kafolatlari shakllantirildi, ayni chog‘da inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning tashkiliy mexanizmi, tegishli infratuzilmasi ham yaratildi,–dedi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori Akmal Saidov.–Ayni paytda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish davlat tizimi samarali amal qilmoqda.

Bu bezbet Akmal Saidovni ham Karimov bilan barcha jinoyatlarga sherik deb e’lon qilish kerak emasmi?

TANQIDGA QARANG!
Bosh prokuraturada Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq va bojxona qo‘mitalari mas’ul xodimlari ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, majlisda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyat sodir etib, jinoiy javobgarlikdan yashiringan ayblanuvchilarga nisbatan qidiruv ishlari yuritilishi ahvoli muhokama qilindi. Bu bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘zining muayyan samarasini berayotganligi qayd qilindi. Shu bilan birga, ayrim hollarda ayblanuvchilarni qidirib topish va ularga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganligi aytildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olindi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s