Markaziy Osiyo

Karimovdan ko’ra Qurbonguli tuzukmi?

Bu savolga javoban Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar vazirlari: ”Ha, bugun Turkman Prezidenti hamma jabhalarda islohotlar o’tkazishga kirishgani yaqqol ko’rinyapti. Uni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyormiz”, deyishyapti.

Bugun biz suhbatlashgan EIning Markaziy Osiyo bo’yicha vakillaridan biri, hali ommaga e’lon qilinmagan qarorlar qabul qilinmasdan turib ism-sharifini aytmaslikni so’rab, O’zbekiston bo’ylab Andijon voqealariga daxldor 2-3 apreldagi tashrif ham avvalgisi kabi sayohatdan boshqa natija bermaganini sh’ama qildi. Avvalroq maqolalarimdan birida ham aytganimdek, EI kulib-kulib Karimovni eshitgan-u,lekin uning nayrang ishlayotganini payqab qolishgan.

Odamlar, Karimov gapirganda kulib eshitishsa ”demak mening to’griso’zligimgga ishonishyapti”, deya hisoblab o’rganib qolgan. EI mulozimlari tabassumiga ham ”men ularni o’z yolg’onimga ishontirdim”, deb o’ylab ”chuv” tushdi.

Chunki chindan ham O’zbekiston bilan muloqotlar tarafdori bo’lgan Evropa Ittifoqi samimiyatdan yiroq bo’lgan O’zbekistonning bugungi niyatini payqab qoldi.

Shu bois ham bugun Lyuksemburgda bo’lib o’tgan EI Tashqi ishlar vazirlari yiginida, O’zbekistondan kutilayotgan demokratiya, inson haqlari himoyasi, ayniqsa Andijon fojealari bo’yicha xolisl halqaro surishtiruvlar o’tkazish bo’yicha hech bir haqqoniy, ishinchli, amaliy ish qilinmagani, ko’ppartiyaviylik xususidagi Farmonu-qarorlar ham ko’zbo’yamachilik ekani yuzasidan EIga bayonot tayyorlashlariga sabab bo’ldi.

Karimov issiqqina EI qo’yniga qayta kirmoqchi edi,l ekin to’shagi ho’l holligicha qoladi chamasi.

Chunki Karimovdan ko’ra yangi Turkmanboshini xush ko’rishyapti.

Rizo Obid.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: