Dunyoga nazar

4.Orzulardagi Parijga sayohat

Mana, Eyfel minorasidan atrofga boqib, biroz hissiyotlarni jilovlab olib, yana Parij ko’chalari bo’ylab sayohatni davom ettiramiz.
Lekin sayohatni piyoda yurib o’tkazishga nima etsinku-ya,ammo, bir necha kun emas, oylab yurib ham uning butun borligini o’rganolmaysizda.Shuning uchun keling,yaxshisi Sena daryosi bo’ylab ,qayiqqa o’tirib tomoshani davom ettiramiz.Men,qayiqqa o’tirib olib o’nggu so’lda ko’rganimni bilganimcha aytaveraman, Siz esa eshitaverasiz. Demak, kelishdik.
Parijda 34 ta ko’prik bor.Qayiq bilan ularning hammasining ostidan o’tishga harakat qilamiz.Lekin qayigimiz eshkakli emas,o’zisuzar kemacha.Shu bois charchab qolmaymizmi,deb xavotirlanmang.Xullas,ko’priklardan eng ko’hnasi bu “Qirol ko’prigi”.Ha,aytgancha hamma ko’priklarning o’z nomi bor.”Qirol ko’prigi” aytishlaricha parijliklarga qirol Lyudovik XIV tomonidan tuhfa etilgan.
1900 yilda halqaro ko’rgazmalar uchun me’mor Lalu tomonidan qurilgan avvalgi D’orse vokzali,hozirda XIX asr san’atining eng katta muzeyiga aylangan.Bu muzeyda Renuar, Mone va boshqa ko’plab ijodkorlar asarlari bilan tanishishingiz mumkin.
Le Notrom tomonidan asos solingan Tyuilri bogi goyat go’zal.O’rta asrlarda bu bog o’rnida tomga yopish uchun tyuil(bizda qoraqogoz ham deyiladi) ishlab chiqarilgan,shuning uchun ham bog nomi TYuil deyiladi…
Ey, aytaversam Parij tarixiy yodgorliklarga goyat boy.Yahshisi yuz bor eshitgandan ko’ra bir bor borib,ko’rib kela qoling.Hammasini aytib qo’ysam qizigi ham qolmaydi-da.Siz kelib-ko’rib qolganini boshqalarga aytib berarsiz…
Mabodo Parijga borish imkoniyati yo’q vatandoshlar orzungiz ushalmay qolishidan o’kinmang.
Chunki o’zbek boshiga bitgan zolim shohning ham kuni bitib qolar. So’ng Siz albatta Parijga bemalol kela olasiz. Men bunga ishonaman.

Rizo Obid.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: