Bugunning gaplari

Karimovdan nima farqingiz bor?

Ushbularni hechda yozgim yo’q. Muxolifat lideriman, deganlarni, hokimiyatga intilayotgan Siz Abdurahim Po’latovni ham, Siz Salay Madaminovnida otlaringizni atagim ham yo’q. Lekin u aytmasa, men aytmasam, yo boshqa hech kim aytmasa kim aytadi.

Mening sizlarga beradigan bir savolim bor. Unga javob kerak emas. Chunki uning javobi allaqachon topilgan. Siz har ikkingiz ham hozirgi diktator Karimovdan battar diktatorsizlar. Sizlar Karimovdan ko’ra xavfliroq diktatorsizlar.Yo’q,unday emas,deyolmaysiz. Chunki bu haqiqat.
Sizlar O’zbekistonda bo’lishi mumkin saylovda nomzodingizni Prezidentlikka qo’ymoqni o’y qilyapsiz.Ikki dunyoda ham,mabodo O’zbekistonda demokratik sharoitlar pishgan holda ham Siz ikkingizni hech kim bosh qilib saylamaydi.Xomta’ma bo’lmang.
Sizlarning asl basharangiz qandayligini ko’pchilik biladi. Bilmaganlarga esa yetkazish uchun astoydil harakat qilaman. Chunki sho’rlik vatandosh, millatdoshlar yomg’irdan qutulib, do’lga tutilishmasin, deganday, sizlarning hukumatparastligingiz azobini tortishmasin, deyman.
Bugun bu chizgilarni qoralshga yana bir asos va turtki bor. Agar o’quvchilar kuzatib borishayotgan esa,k eyingi paytlarda Vatanda Karimov dastidan ovozi o’chirilgan ko’plab yoshlar chetda tashkillangan sahifalarimizdan fikr bayon etishlari sezilarli, salmoqli o’rin tutmoqda. Albatta ayrim nomsiz-nishonsizlar bundan mustasno. O’z nomi bilan OAVga kirib kelayotgan va bugun tanilib ulgurgan yoshlar haqida aytyapman.
Lekin, Abdurahim Po’latov ham, Salay Madaminov ham ozgina o’ziga yoqmaydigan fikrga duch kelsa yonidagi 3-4 yollanma ”qalamkash”ini ishga solib, goh haqorat, goh asossiz, ayovsiz o’zbek tili, deb atab bo’lmaydigan so’zlar bilan tashlanmoqda.
Xudoga ming qatla shukur, yahshiyam Siz A.Po’lat, S.Madaminovlar qo’lida bugun hokimyat tizgini yo’q. Yana bir bor shundayligiga shukur. Agar ertaga…Yo’q tasavvur qilishni ham hohlamayman.
Muxlislar xat yozib, telefon qo’ngiroqlari qilib:”Dilsora Fozilovaning ”Nega?..Nega?..Nega?..’.” nomli maqolasini nega sahifadan olib tashladingiz”, deb so’rashyapti. Yo’q,maqolani men olib tashlaganim yo’q. Muallif o’zi buni hohladi. Nega?Bu savolga javobni mulohaza qilib ko’rib o’zingiz topib olavering.
O’zbekistonning bir diktatori bor edi. Endi 3 ta bo’ldi.
1.Karimov I.
2.Madaminov S.
3.Po’latov A.

Ularning qo’ltig’iga suv purkab maqtab tursak,yana bolalayveradi. Ishonavering.

Rizo OBID.(Manba: www.rizobek.ucoz.ru)


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: