2008 yil Saylovi

Zaifadan ham zaif

”ERK”, ”BIRLIK” degan partiylarning yetakchisiman, deganlar odamlarda ishonch tuygusuni uygotish, kelajakka umid bilan qarashga undash o’rniga ularni aksincha tushkunlik qirg’oqlariga yetaklashmoqda.
Ha, A.Po’latning ham, S.Madaminovning ham endi ochilyapti asl qiyofalari. To’gri so’zning to’qmog’i bor, deyishadi. Tashlanib qoldilaringga. Yana kimga deng? Ayol kishiga. O’zlaring zaifa, deb ataydigan ayol kishiga. Aslida zaifadan ham zaif ekansizlarku.
Siz zaifa , degan ayollar, aslida sizdan kuchli. Bilasizmi?
Hamma, boshqa ayollarni qo’yavering, har ikkingizdan ham birgina Dilsora Fozilova kuchli ekan. Urug’laringizni o’ynatib qo’ydiya, uning haq so’zi.
Hoy, chidamaslar, endi kuchlaring bir ijodkor ayolga etdimi?
Ozgina uyalsalaringizchi. O’zi sizlarda uyat bormi?
Bilaman, sizlarda uyat nima qilsin.Uyat sizlarni ko’rganda qochib ketadi.
Ha, aytgancha A.Po’latdan uzr so’ramoqchiman. Egilgan boshni qilich kesmas, deganlaridek. Lekin , men egilib turib emas, g’oz turib uzr so’rayman. O’tgan galdagi maqolalarimdan birida ”..A.Po’latovga ovoz berardimi-u”…,deb aytgan so’zlarim uchun uzr so’rayman. Muhtaram o’quvchilardan ushbu so’zlarimni ”saylov mabodo bo’lsa, unda men Abdurahim Po’latovga ovoz bermayman”, deb to’g’rilab o’qishingizni so’rayman.
Mana shu maqolani yozib o’tirganimda Svetsiyadan ”Birlik” faoli Hayitvoy Qo’ziev telefon orqali qo’ngiroq qilib qoldi. Horma, bor bo’l, eson-omonlik so’ragandan so’ng albatta gap bugungi mavzuga ko’chdi. Men unga ”muholifat lideriman, degan A.Po’lat va S.Madaminovlar haqida maqola yozayotganimni aytdim.U mendan bir narsani iltimos qildi.
Mana uning iltimosi:”Ularni zaifadan zaif ,demang. Hozir DO’Kning ”Turonzamin” ro’znomasida o’qidim A.Po’lat O’zbekistonga 2 oy ichida qaytib borishi to’g’risida xabar yozilibdi. Iltimos, agar haqiqatan ham A.Po’lat shunday jasoratga bel bog’lagan ekan, uni qo’llab-quvvatlaylik. Shoira Dilsora Fozilova maqolasiga qarshi bir narsa , deganlar, undan uzr so’rashsin, mabodo, A.Po’lat haqiqatan ham Vatanga qaytishga taraddud ko’rayotgan esa oshkor aytsin. Yo’qsa sizning fikringiz to’g’ri. Haqiqatan ham saylovda imkoni bo’lmay, boshqalarga yo’l bermaslik uchun bu gaplar aytilayotgan esa, o’zim A.Po’lat haqida tanqidiy chiqish qilaman”.
O’zbekistonda Karimov diktaturasiga qarshi kurashchi Hayit Qo’zievning iltimosidan so’ng biroz o’ylanib qoldim. Nega men aytadigan fikrdan cho’chishadi? Bu bir fikr xolosku.
Agar haqiqatan ham A.Po’lat zaif emas, balki kuchli siyosatchi, yoki halq ishonchiga sazovor kishi bo’lsa,  bir mening fikrim bilan bir narsa o’zgarib qoladimi?
Aslida bu gaplarga Abdurahim Po’latov oydinlik kiritsa durust bo’lardi. Shunda Hayitvoy Qo’ziev kabi safdoshlari ”nima gap ekan-a”, deb ikkilanib qolishmasdi.
Yozayotganlarim mutlaqo muholifat obro’si, yoki obro’sizligi hususida emas, balki bir qalamkash ayolning izzat-nafsiga tegib, uning fikriga chidamaslik voqeasidan kelib chiqib yozilgan chizgilar.
Menga, desa S.Madaminovmi, A.Po’latmi, yo osmonni yiqilib tushsa ko’tarib qolaman, degan ajuz-majuz bo’ladimi fikrni-fikr sifatida qabul qila olsin.Tamom.

Rizo OBID.(www.rizobek.ucoz.ru).

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: