Diktatura manzaralari

Hamkor hamkorlik qilmasa…

Jaloliddin, Toshkent
Xorijiy axborot vositalarining hamkorlari O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati bilan hamkorlik qilmasalar jinoiy javobgarlikka tortilar ekanlar.
Bu haqda bugun menga chet el radiolaridan biriga hamkor bo’lgan tanishim aytib qoldi. Gap shundaki, u menga bu xavfsizlikning muhim chorasi ekanligini uqtirishga urindi.
Men unga o’z nomim bilan emas, taxallus ostida yozishim va agar sen aytmasang, mening kimligimni ular bilishmaydi, dedim.
Tanishimga ham rahmim keldi, ham uni tushunishga harakat qildim. Nima qilsin? Tirikchilik.
Xullas, tanishimning aytishicha, hamkorlikdan bosh tortgan hamkorlar sudga tortiladi yoki cho’chitib mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
U “Nemis to’lqini” radiosi hamkori Natalya Bushueva ustidan jinoiy ish ochilganini eslatdi. Bilardim, soliq to’lashdan bo’yin tovlaganmish, endi radioning yana bir hamkori Yuriy Chernogaev iznsiz ishlaganligi uchun ustidan jinoiy ish ochilibdi.

Demak, bu hamkor ham hamkorlikdan bosh tortgan ko’rinadi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s