Diktatura manzaralari

Oshxo’rlik yaxshi o’tdi

Jaloliddin, Toshkent

Yevropa Ittifoqi ekspertlari delegatsiyasi 31 Martdan 4 Aprelga qadar O‘zbekistonda bo‘lgani haqida bugun negadir Tashqi ishlar vazirligi emas, balki Bosh prokuraturaning matbuot xizmati rasmiyona xabar tarqatdi. Unda jumladan shunday deyiladi:

“Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilib turgan Germaniya Federativ Respublikasining murojaatiga muvofiq Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘limi rahbari janob Rolf Shulse rahbarligidagi Yevropa Ittifoqi ekspertlari delegatsiyasi 2007 yilning 31 martidan 4 apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldi.

Tashrifdan maqsad Yevropa Ittifoqi ekspertlarining 2006 yil 11-15 dekabr kunlari O‘zbekistonga safari yakunlariga ko‘ra ularda 2005 yil may oyida Andijonda sodir etilgan voqealar bo‘yicha paydo bo‘lgan qo‘shimcha savollarni muhokama qilishdan iborat edi.

Ushbu tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi ekspertlari Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi, Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari ekspertlari bilan ularning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, YEI ekspertlari jazoga hukm etilganlar, ularning advokatlari va sudyalar bilan ham uchrashdi.

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining ekspert uchrashuvlari davomida Andijon voqealari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar va qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarni sudda ko‘rib chiqish yakunlariga tegishli ularni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlar ishchanlik vaziyatida, o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Tomonlar bo‘lib o‘tgan amaliy muloqotlardan qoniqish hosil qilganini bildirdi”.

Lekin xabarda o’zbekcha oshxo’rlik va to’n kiygizishlar, zargarlar tomonidan maxsus tayyorlangan hadyalarni taqdim etishlar, qamoqxonalarni oldindan jihozlash, mahbuslarni urto’qmoqning ostidan o’tkazish, advokatlari va qarindoshlarining cho’ntagini “amnistiya” degan puch yong’oqqa to’lg’azish kabi muhim siyosiy-amaliy tadbirlar haqida unutib qoldirilgan.

Xabardan chiqadigan muhim xulosa esa, mehmonlar Tashqi ishlar vazirligi va boshqa joylardagi uchrashuvlar uchun prokuraturadan ruxsat so’raganmishlar. Bunga izohning hojati yo’q.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: