Dunyoga nazar

1.Orzulardagi Parijga sayohat

Parijda bo’lmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz, deb nuqta qo’yib qo’ysam ham bo’lardi ehtimol. Chunki bu mahobatli, turli sarguzashtlarga boy,g o’zal shahar haqida kaminaga qadar minglab asarlar yozilganki, ulardan o’tkazib biror bir nima chiza olishim amri mahol.
Shunday bo’lsada, qaniydi bir bora Parijni ko’rsam va uning mashhur Eyfel minorasi tepasiga chiqib dunyoga qarasam, deya orzu qilganlar uchun nimalardir yozishga jazm etdim.

Sayohat-sarguzashtlar haqida ko’p yozmaganim uchunmi,uni qay yo’sinda boshlashni ham bilmay turibman.Birinchidan taassurotlar shu qadar boyki, qay birini dastlab aytishga shoshasan kishi.

Keling,yahshisi o’zim yo’lga chiqqan Xolland yurtidan boshlay qolay. Xollandlar ham mana necha asrlardirki Farang yurti ,uning poytaxti bo’lmish Parijga sayoxat qilishni biror kun bo’lsada kanda qilishmaydi.

Hullas, yo’lga chiqamiz. Xolland poytaxti Amsterdamdan Parijgacha 500 kilometr nari berisida manzil bor.

Sayyohlarga xizmat qiluvchi zamonaviy avtobusda bu yo’lni uzluksiz 6 soatda bosib o’tish mumkin.Xollandning Belgiya bilan chegaradosh Breda shahridan ko’p yurmay Anteverpen shahriga kirib borasiz,bu kattakon shahardan o’tib , oz fursatda Frantsiyaning qishloqlari,shaharlari boshlanadi.Xolland ekin maydonlari deyarli kaftdagidek tekis,Frantsiya erlari esa past-baland qir -adirliklardan iborat ekanligi darhol farqlanadi.

Farangistonning bir necha qishloqlarini bosib o’tib,dastlab katta shaharlaridan biri Lille ,deb nomlanuvchi shaharga kirib borasiz.Nomlanishining o’ziyoq Frantsiyaga etib kelganingizni anglatib,yuragingiz orzular ushala boshlaganidan hapqiradi,tezroq Parijga etgingiz keladi.

Beihtiyor Parij va unda yashab o’tgan mashhur ijodkorlar,ularning durdona asarlarini yodga ola boshlaysiz albatta.

Avtobus derazasidan atrofga qarab borar ekanman, mening yodimga tushgan birinchi narsa nima bo’ldi desangiz,bolaligimda o’qiganim Parij barrikadalari va uning ortidagi Gavrosh ismli sochi jingalak,qorako’z bolakay gavdalandi.Menimcha buning boisi – bugun O’zbekistonda tutqunlikda yashayotgan millionlab Vatandoshlar taqdiridan bezovtalik hissi bo’lsa kerak.

Har gal O’zbekiston va uning odamlarini eslar ekanman chuqur bir ho’rsinish olaman.Chunki ,mana hozir ham mening imkoniyatlarim bilan ularnikini taqqoslar ekanman,ular ham Parijga osongina sayohat qila olishga haqlilarku.Nega u qishloqdan bu qishloqqa borish uchun ham yonlarida pasportlari-yu va nima maqsadda ketayotganlarini bo’yniga avtomat osgan askar-mirshablarga tushuntirishlari shart qilib qo’yilgan?…

Hozir shu sayohat, shu ondan boshlab unchalik huzur bagishlamay qo’yganini his qila boshladim. Chunki oddiy millatdoshlaring,Vatandoshlaring imkoni yo’q narsa haqida yozish ham unchalik zavq bagishlamayapti.

Lekin Karimov qo’ygan to’siqlar naqadar gayriinsoniylik ekanini anglash uchun bu sayohat haqida yozishim shart,deb hisoblayman.Shularni o’ylarkanman yana yuragimga qil sigmay qoldi.Keling,sayohat haqidagi taasurotlarni keyingi gal davom ettirayin.Axir,qaerda bo’lmaylik sizu biz hamisha bir tan,bir jonday nafas olamizku.

Rizo Obid.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: