Diktatura manzaralari

Gulnora Karimova: XITOY HAM MENIKI!

Erkin,Toshkent
Yaqinda, tijorat bilan shug’ullanib , tez-tez xorijga chiqib u yerdan turli xil xalq iste’mol mollarini O’zbekistonga olib kelib sotadigan tanish bir opaxon bilan gaplashib qoldim.
Opaxon bilan suhbatlasha turib, u o’zining kuni-kecha Xitoydan kelganini aytib qoldi, ancha-muncha mol olib kelib sotayotgan ekan.

Uning aytishicha O’zbekistonlik tijoratchilar Urumchi bozorlaridan kerakli mollarni xarid qilishib yuk avtomashinalarga joylashtirgach, o’zlari samolyotda uyga qaytishar ekan. Xitoyda ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to’ldirilgan bir necha yuk avtomashinalar karvoni esa yo’lga chiqib , sanoqli kunlarda manzilga yetib kelar ekan.

Opaning gaplariga ko’ra bu mashinalar Prezident I.Karimov janobi oliylarining sevimli arzandasi bo’lmish Gulnoraxonga tegishli bo’lib, ular uchun yo’llarda doimo yashil chiroq yoniq turarkan.

Qayerdan bir so’m pul keladigan bo’lsa, o’sha yerga burnini suqib yuradigan Gulnoraxonim ajabmaski biron kun kelib, pullik hojatxonalarga ham ega chiqib qolsa.

Shu kunlarda qanday qilib mamlakatga prezident bo’lishni o’ylab bosh qotirayotgan bu xonim hokimiyatga kelib qolgudek bo’lsa, shundog’am kosasi oqarmayotgan sho’r peshona o’zbekning sho’riga sho’rva to’kilishi turgan gap.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: