Mulohaza

DIQQAT YURTIMIZDA SEHRGAR!

O’tgan va joriy asrlarni qiyoslarkanmiz o’xshashliklarni kuzatamiz. Maktabda o’qib yurgan paytlarimda “Diqqat shaharda sehrgar!” nomli bolalar filmi bo’lardi. Bir yosh yigit bir gapga kirmaydigan, tirrancha bolani unga jazo o’laroq kichkina qo’g’irchoqqa aylantirib qo’yadi.

Bizning sehrgarimiz esa o’zining gapiga kirmaydiganlarni birdan ko’zdan g’oyib qila olish mahorati bilan film qahramonini eslatadi. Qani kim uning gapiga qarshi chiqsin, sehrgarimizning bitta ko’z qiri yetarli.

O’tgan asrning 87-88 yillari edi. Har yozda “Pionerlar lageriga” borib dam olar va yoz qanday o’tib ketganligini sezmay qolardim. “Pionerlar lageri”da hali ham yodimda turadigan manzaralar bor ediki, bundan keyin ham hotiramdan o’chmasa kerak. Har kuni kechki payt “lineyka” bo’lardi va har bir “otryad” sardorlari “lager” sardoriga hisobot topshirardi. “Otryad” sardorlari o’rtaga chiqib hisobot so’ngida o’z “otryad”iga yuzlanib ikki so’zni qaytarardi. Biz baralla javob berardik.

-Kayfiyatlar?

-A’lo!!!

-Maqsadimiz?

-Kommunizm!!!

Hozir ham kayfiyatlarimiz a’lo. Videokamera bilan ko’chada biror yurtdoshimizga mikrofon tutib “Siz mustaqilligimizdan hursandmisiz?” deb ko’ring. Uzundan uzun madhiya eshitasiz. Maqsadimiz ham bitta – “Buyuk kelajak!”

Aynan o’sha “lager”dagi davrlarimizda kechki ovqatdan so’ng butun bolalar soat 21:00 da beriladigan multfilmni kutardik va soat 21:00 dan 15-20 daqiqa avval “Proyekt perestroyki” degan ko’rsatuv bo’lardi va multfilm uchun shuni ko’rishga majbur edik. Gorbachyev nutqini so’zlardi va dam olish davrimizda Ittifoqning intiho davriga guvoh bo’lganinimizni eslayman.

U paytlar hozirgi kunlar kabi soat 21 da teleseriallar qo’yilmasdi, ammo bizning sehrgar joyini topadi. Halqqa ko’rinish bermoqchi bo’lganida aynan mana shunday teleseriallardan avval “telik”dan joy olayapti. Bu bilan ham yosh bolalar ongiga o’rnashadi, ham halqqa nutqini gapirib olishga ulguradi. Ajabmaski bu bolalar ham bir davrning intihosiga guvoh bo’layotgan bo’lsalar…

Maktabimizda esa “pioner” lar bo’lganligimizdan fahrlanardik va avvalo a’lochi o’quvchilar bu sharafga sazovor bo’lganligi hammani ruhlantirardi. Va aynan o’sha davrda Arkadiy Gaydarning “Timur va uning komandasi” kitobidagi Timur obrazini hayotga tadbiq etilib maktablarda “Yosh Timurchilar” klubi tashkil etilib qarovchisi yoki boquvchisi yo’q honadonlarga borib bir guruh maktab bolalari keksa insonlarning uy yumushlarini bajarib berardik.
Chunki u paytlar ota-onalarimiz bizning moliyaviy yordamlarimizga muhtoj emasdilar. Bozorga chiqib arava tortmasdik yoki maktab bolalari mardikorlik qilmasdik. Dars tayyorlashga, to’garaklarga qatnashga vaqtimiz ham sharoitimiz ham bor edi.

Har davrning o’z Cho’lponlariyu, Boymirza Hayitlari bo’lgani kabi, hozirda ham serquyosh yurtmizda erkaklar saqlanib qolgan. 2000 yilning bahor oylari edi. ”Hizbchilar”ni qama-qamasi eng avjiga chiqqan palla edi. Navro’z bayramida Toshkentda mustaqillik maydoni yaqinida dorbozlar tomosha ko’rsatishyotgan edi. Tomosha so’ngida har kim ataganini dorbozlarga bergach, dorboz yigit duoga qo’l ochdi. Mirofonda gapirgan gaplaridan so’ngisining har bir aytgan so’zlari yodimda “Sabab besabab bag’rini zaxga berib yotgan birodarlarimizga Alloh sabr toqat bersin”. Butun omma ichida sehrgardan hadiksiramay haqiqatni silliq yo’l bilan bo’lsada gapiradigan yurtdoshlarimiz borligi serquyosh o’lkada ro’shnolikka umidning so’nmaganidan nishonadir.

Tohir Jo’shqin.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: