Munosabat

Assalomu alaykum! Savolimga Javobingizni o’qib juda xursand bo’ldim. Menda juda
katta ma`naviy kuch ato edtingiz. Tashakur!!!

Ijodimdan namunlar…Ma’qul topsangiz, DO’K saytiga qo’yarsiz. Menbop xizmatlar chiqib qolsa, shu manzilga xat yoziarsiz. Shu bir siqmgina umrimni ezgulik yo’lida sarflamoqchiman. Shukrki, sizday odamlar bor ekan… Shohi Jahon.

O’zicha Beklar

Kim chiqargan o`zbek so`zini?
Bunda barcha o`zicha Bekmi?!
Yo o`ylarmi hamma o`zini?!
Yo millatning bari birdekmi?

O`ylarmikin Beklari o`zin,
Qoldirishni tarixda izin?
Yo xalqida yo`qmikin miskin,
Kim chiqargan o`zbek so`zini?

Tirik jonga o`lim hukmdir.
Hayot uchun nima muhimdir?
Ahil yashash axir mumkindir?!
Kim chiqargan o`zbek so`zini?

G`iybatlardan og`iz tinarmi?
Bo`hton yozgan qalam sinarmi?
Xalq atvorin aslin bilarmi
Chiqarganlar o`zbek so`zini?

Bir so`zdami millat bahosi?!
Bekdaymikin barcha dahosi?!
Tinglagaymi xalqin sadosin
Chiqarganlar o`zbek so`zini?

Halq ishlaydi bilmayin tinim,
Natijasin Beklar der, – manim,
Razillarga qolgan Vatanim
Nomda saqlar «O`zbek» so`zini.

XXX


Mehribonim bo`lmasa

Zamon birla xalq shiori o`zgardi,
Ammo hamon darmonsizdir el dardi.
Bu o`ylarda uyqu qanday kelardi,
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon?!

Munofiqlar minib olib mansabga,
Ishchi olsa qarab faqat nasabga.
Ishsizlikdan erk berardim g`azabga,
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon.

Bir non uchun unutilar nomus-or,
Ishlagayman o`zga yurtda mardikor.
Yasharmidim kelajakka umidvor,
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon?!

Posbrnlarga qonunlari bir tiyin,
Qalamkashlar gumrohlashar yil sayin.
Balkim men ham o`tarmidim betayin,
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon…

Xalqparvarlar quvg`in bo`lsa yurtidan,
Ziyolilar ergashsalar ortidan.
Kechar edim qolgan loqayd zotidan
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon.

Eng keragi xalqning asl ishonchi,
Eng shirini elu yurtning quvonchi.
Bilmas edim barin, hayot tayanchi –
Yostiqdoshim bo`lmaganda mehribon.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: