Tabriklar

Sizlar NAVRO’Zning ruhisizlar!
DO’K a’zolari va barcha yurtdoshlarimizni Nav’roz ayyomi bilan tabriklayman. Hammangizning qalbingizni bahoriy kayfiyat tark etmasin. Hotirjamlik tilab, Javlon.

XXX

Chet ellarda yashayotgan aziz yurtdoshlar. Men O’zbekiston ichidan turib sizlarni Navruz bilan tabriklashdan juda xursandman. Meni eng katta niyatim sizlar tezroq Vatanga qaytishlaring va vatanimiz uchun shu yerda xizmat qilishlaringizdir. Hammalaringizni sog’inganmiz. Silzar Navruzning, vatanimizning ruhisizlar. Navruzlarimiz beruh o’tmoqda. Sizlarga qaynoq salomlar yo’llab Demokratik O’zbekiston kongressining Samarqand viloyati bo’yicha rahbari Sadriddin K.

XXX

Barcha yurdoshlarimizni Navro’z bayrami bilan Tabriklayman! Ushbu kunni Yurtdan tashqarida qarshi olayotgan Vatandoshlarimizga, kelasi Navro’z bayramini Vatanda, oila a’zolari-yu qarindosh urug’lari bag’rida, Doshqozonlarda Sumalak bilan nishonlash nasib etishini tilayman.Hamisha qalblaringiz Bahor nafasidek sof va beg’ubor, so’zlaganda so’zlaringiz, bahor gullaridek nafis va muloyim bo’lishini, o’zaro muomalangiz hamisha bahor kayfiyatida bo’lishinii tilayman.

Nuriddin Nizom

ХХХ

Men Demokratik O’zbekiston Kongressi a’zolarini va boshqa dustlarimizni Navro’z bilan chin qalbimdan Tabriklayman. Navro’z Vatanimizga shodlik olib kelsin. Chet ellarda sargardon yurgan vatandoshlarimni Navro’z Vatanga boshlasin…

Bobur Xoliqnazar.

ХХХ

Yana Navro’z keldi

Yana Navro’z keldi armonga to’la,
Soginch,iztiroblar olib bir yo’la.
Kim uni atadi kelinchak suluv,
Kimningdir yuragida qo’rqinchu guluv.

Ancha bo’ldi o’zbekka Navro’z tatimas,
Yurakdan bayram,deb ochiq atamas.
Chunki dasturxoni quruq non etmas,
Olisdagi bolajoni yurtga qaytolmas.

Eh,Navro’z qaniydi navro’z bo’lolsang,
Chin shodlik ulashib,bayram bo’lolsang.
So’nggi nafasini olmoq istagan,
Bolangni quchogingga bir bor bosolsang.

Nega shundoq bo’ldi ey,Navro’zjonim,
Zulmlar shohiga etasan ta’zim.
Axir poying uzra xor bo’lgan qolib,
Nega zolim shoxni etasan aziz?

Ne bo’lsa ham mayli,kel ey Navro’zjon,
Sendan umidvordir minglagan ko’zlar.
Lekin bilib qo’yki,seni sevganlar,
Sahrolar qo’ynida seni deb bo’zlar.

Senga munosibroq so’z aytolmadim,
Haqdan o’zga rozni ayta olmadim.
Qancha urinmayin qalbim dardlarin,
To’kmoqlikdan o’zni tiya olmadim.

Rizo Obid.

ХХХ

Men ham sizlarni Sharq yangi yil bayrami bilan qutlayman. Orzularimiz amalga oshsin. Vatanda ko’rishaylik. Hamma o’z oilasi bilan shod va xurram bo’lsin.

Murodbek Davlat.

ХХХ

Демократик Ўзбекистон Конгрессининг барча фаоллари – ҳурматли сафдошларимни бу улуғ айём – НАВРЎЗ билан ўзим, умр йўлдошим ва янги туғилган ўғилчам номидан чин дилдан табриклайман.

Ғайрат Мирзо.

ХХХ

Sizni ertangi navro’z ayyomi bilan chin dildan qutlayman, o’zingiz va oila azolaringizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik tilash bilan birga, mashaqqatli faoliyatingizda hormay-tolmay xizmat qilishingizni va albatta bir kun mehnatingiz (siz va safdoshlaringiz) hosilasi o’laroq buyuk orzuingiz, yurtimizda ozod kunlarni ko’rishni siz-u bizga nasib etishini Ollohdan tilab qolaman! Guli.

XXX

Барча сафдошлармизни яшариш ва янгиланиш фасли, бахор байрами – “Навруз” айёми билан шахсан уз номимдан ва оиламиз номидан чин дилдан самимий муборакбод этаман!
Фасли навбахор бутун йил давомида калбларга бахорий иликлик, яшариш ва орзулар руёбини мужассам этишининг тилакдошиман!
Хар дилда куртак очаётган янги эзгу умидлар, илохим, амалга ошсин, дея, самимий тилак билдираман!
Узок умр, тан-сихатлик, оилавий бахт ва омад, бахорий кайфият хамиша ёр булсин!
Хар кунингиз “Навруз” булсин!!!
“Навруз” айёмингиз муборак булсин!!!
Барча эзгу тилаклар тилаб, самимият ила, Улугбек Бакиров.

ХХХ

Навруз байрамини хурсандчиликда утказишингизни тилаб, барча Ватандошларни бизнинг номимиздан муборакбод этиб куйишингизни сурайман.

Сизга камоли хурмат билан Дилмурод САЙЙИД.

ХХХ

НАВРЎЗ МУБОРАК СИЗГА!

Ҳей, оғир кун ҳам Аллоҳини ўйлаган,
Ҳей, ёлғон эмас, рост сўзини сўйлаган,
Ҳей, зардоб ютиб курашини қўймаган,
Диллар
Назрўз муборак сизга!

Ҳей, мансаб учун дўст ёрини сотмаган,
Ҳей, қабоҳатнинг ботқоғига ботмаган,
Ҳей, Ватаним деб кечалари ётмаган,
Диллар
Наврўз муборак сизга!

ЖАҲОНГИР МУҲАММАД.

ХХХ

НАВРУЗИ ОЛАМ МУБОРАК!!!
Ассалому алайкум!
Азиз дўстлар Сизни хам ва Сиз оркали оила-аъзоларингизни Навруз билан табриклайман!
Эзгу тилаклар билан Эгамназар Шайманов.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: