Nasr

TOHIR JO’SHQIN

Shohona tush
Muzlatgichdan viskini muzli stakanga quygan Islomboy oz-ozdan icharkan , ishlari yurishmayotganidan siqilardi. Qaysi tashkilotga bosh ursam ekan, nimani sabab qilib ko’rsatsam ekan deb o’ylardi. Ammo sabab uning uchun buyuk savol edi. Shu payt eshikning “sharaq-shurug’i” uning hayolini buzdi. “Privet papochka” deya Gulnora kirib keldi.
-Qayerlarda yuribsan yarim kechasi?
-O’rtoqlarim bilan “nochnoy klub”ga borib ozgina otdixat qildik.
-Sen haddingdan oshib ketding. Oyog’ingni sindirib, ko’chaga chiqolmaydigan qilib qo’yaman!
-Nima bo’lyapti? Nima baqir-chaqir?-deya yugurib chiqdi onasi.
-Yo qizingni to’g’rilaysan, yo o’zim undan qutulib qo’ya qolaman…

Islomboy hozir Toshkentda bo’lganimda hammasi boshqacha bo’lardi deya ich ichidan kuyardi. Muzdek viski uning tomog’ini qizitgan bo’lsa, alam uning butun vujudini kuydirardi.
Uyqusi qochgan Islomboy televizorni yoqib, “24 BBC NEWS”ni tomosha qilarkan birdan yuragi “shuv” etdi.

Londonga rasmiy tashrif bilan kelgan Mirsaidov bosh vazir Tony Blair bilan qo’l siqishib rasmga tushayotganini ko’rdi. “Mening masalam ko’tarilmasmikin? Meni bu yerdan quvmasmikin?” degan havotirlar uning xayolini chulg’ab oldi.

Yurt tashqarisida muxolifat tuzishga harakat qildi, grant olish maqsadida. Ammo natijasiz. “Nima emish, O’zbekistonda demokratiya bo’lgani uchun yurt tashqarisida muxolifat tuzish kulgili emish”…Nima qilsin, Islomboyning havotiri uning bitayotgan puli edi. O’zbekistondan qochgunga qadar yiqqanini yeb bitirayotgan Islomboy endi o’zini-o’zi yeyayotganini his qilardi. Ho’ngrab yig’lagisi keldi, g’ururi ustunlik qildi. Yoniga kelgan xotini ich-ichidan ezilayotgan Islomboyni uxlatmoqchi bo’ldi.

-Yaxshisi yota qol, hammasini ertaga gaplashamiz,- deya uning yelkasini uqalab uxlatishga harakat qildi.

Islomboy yuzidagi namlikdan uyg’onganda atrofida xitoy qizlar uni massaj qilishardi. Uyg’onib ketishidan qo’rqqan qizlar uning terlagan yuzini artishga botina olmagandilar. “Shunaqa ham tush bo’ladimi? Hudo saqlasin bunaqa kunlardan” deya dush olgani kirib ketdi.
Bu tushning alamini albatta, kimdandir olishni rejalagan Islomboy “Bugun kimning sho’ri quriydigan kun bo’lsa xuddi o’sha qabulimga birinchi kiradi” deya ishga otlandi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: