Bugunning gaplari

Soxtakorlik
Soxtakorlik,degan so’zning ma’nosini alohida izohlashga hojat bo’lmasa kerak.Chunki bu kalimani o’zbeklar yahshi tushunishadi. Keyingi o’n-o’n besh yil atrofida soxtakorlik O’zbekistonning yuqori mansabdorlaridan tortib,to eng quyidagi aholi qatlamiga ham kirib borib,afsuski bugun mevalari gij-gij bo’lib, hatto tagiga to’kilib yotibdi,deyilsa mubolaga sanamang.
Bugun soxtakorlik ko’rinishlari hamma jabhada urchigan.Ayniqsa ”siyosat”,deb ataluvchi doiraga o’zini otayotgan katta-kichik,xom-pishiq,erkak-ayol soxtakorlarning son-sanogi yo’q.Ular bu jabhada hech narsaga erisha olmasliklari,umuman aytmoqchi so’zlarida hech biri ma’ni-ma’no yo’qligini his etib tursalarda, lekin nimagadir o’zlarini bilagon,aqlli ko’rsatishga va shu ”siyosat”,deb o’zlaricha baholayotgan jabhada o’zlariga-o’zlari yuqori baho berib,go’yo dono-daholik da’vo qiladilar.Aslida so’qayotgan fikrlari bir pulga qimmatligini tushunishni istamaydilar.Ayniqsa soxta Vatanparvarlik kuchaygan.
Ular,ya’ni soxta Vatanparvarlar o’zlariga-o’zlari savol qo’yadilarda va shu savol atrofida gangirbosh qo’y misoli aylana boshlaydilar.Natijada,”qani ,bu gangirboshning nima istayotganini anglay-chi”,deya uning fikriga quloq osgan kishining ham boshi aylanib, behuzur bo’ladi.
Shu o’rinda rivoyatnoma hikmatni eslagim keldi.Ittifoqo o’zini goyat dono hisoblovchi bir kishi bo’lib,nuqul ”kitob aziz,ilm aziz,Vatan aziz,men bu narsalar uchun jonimni tikishga tayyorman”,deb takrorlagani-takrorlagan ekan.Uning bu balandparvoz gaplariga qanchalik amal qilishini sinash maqsadida ,kitob to’la bir hujraga qamab qo’yishibdi.Daholik da’vo qiluvchi qarasa atrofi to’la kitob.Albatta ajoyib durdona asarlarni yutoqib mutoala qilishga tushibdi.Birmuncha vaqt o’tib,o’qiganlarini mushohada qilib, chalqancha yotgancha Vatan haqida o’y suribdi.O’y surarkanu, qorni ochganini ham his qila boshlabdi.Eshik-derazalar mahkam berkitilgan,panjaralangan.Qornim ochdi,deya aytadigan yonida hech kim yo’q,uning ovozini hech kim eshitmaydi.Nima qilsam ekan-a,deb shiftga boqsa bir dona kulcha non xonaning baland peshtoqidagi mixga osigliq turibdi.Uni olib eyishga bo’yi etmaydi.Ochlik esa daqiqa sayin sillasini quritib borarkan,oxirgi quvvatini sarf etib, kulchani olish uchun shiftga qo’l cho’zib, harchand sakramasin,eta olmabdi.So’ng chora izlab topibdi.Hujradagi kitoblarni taxlab,ustiga chiqibdi-da, endi nonni olaman,deb turganda hujraga uni kuzatib turganlar kirib kelishibdi va:”taqsir kitob aziz,ilm aziz,Vatan aziz derdingiz hamisha,endi qarasak kitoblar yuziga va uning ichidagi muqaddas Vatan haqidagi ilmga oyoq qo’yib,nonga intilyapsiz,aytganlaringiz amalingizga zid kelmayaptimi?”,deya so’rashsa,o’zicha ”daho”:”ey,sal yanglishibman,birinchi galda qorin to’q bo’lsin,keyin boshqa narsalar haqida o’ylasa bo’larkan”,deb javob beribdi.
Men nima.demoqchiman.Rivoyatdagi ”daho”ni haq yo nohaq,deya hukm chiqarmohchi emasman.Lekin balandparvoz maqolalar yozib: ”Men,Vatan..”va shunga o’hshsash so’zlar bilan o’zini kuydi-pishdi ko’rsatishga urinayotganlarga qarab,senku Vatanga jon tikmoqchiday so’zlayapsan,lekin Vatandagi vatandoshlarning qulogiga sening bu soxta gaplaring yoqarmikan, kirarmikan?
Qonunlar bor,lekin umuman ishlamaydigan mamlakatda qonun ustuvorligi uchun kurashaman,kurashishga da’vat etish kerak,degan chaqiriqlar ham so’qir kishining nurga intilayotgani kabi taassurot uygotadi.
So’zlaringning soxtaligi,yuragingdan chiqmayotgani sezilib turibdi,o’zing ham sezib turibsan,nahotki odamlarni shu qadar go’l sanaysan?O’zing ishonmagan so’zga boshqalarni ishonadi,deb o’ylaysan?
E,yo’q.Soxtakorlikning umri qisqa.Yo’q unday emas,degan esa,soxta so’zi bilan ikkiyuzlamachi ,dayus hisoblanadi.Ya’ni, yuzining o’ng tomonini unga,so’l tomonini bunga tutib yuraveradi va alal-oqibat arosatga giriftor bo’ladi.Xuddi Karimov va uning atrofidagilar kabi…

Rizo Obid.(www.rizobek.ucoz.ru)

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: