DO’K raisi pochtasidan

Nahotki shu tarzda utib ketaversak?
Assalom alaykum hurmatli Jahongir Mamatov!
Sizni siteingizni yaqinda topib, mutolaa qilishni boshlagan bulsam ham, deyarli vaqt topdim deguncha, biror yangilik uqishga intilaman, sizga baho berishga ojizlik qilaman va faqatgina ishlaringizga omad, oilangizga tinchlik-omonlik tilayman!
Savolga kelsak, bu savol ham emas, bu mening ichimdagi dardlarim! Axir biz insonmiz, hayvon emasmizki, qornimiz tuyganiga shukur qilib, umrguzaronlik qilsak, vaxolanki shundaylar asosiy omi xalqni tashkil qilyapti hozirgi kunda! Men … fakultetida tahsil oldim, sungra magistr darajasi diplomini olish uchun jurnalistika fakultetiga uqishga kirdim, 1 semestr uqib, “ma’no” topolmaganimdan, ishlashga ham imkon, erkinlik bulmaganidan chet elga chiqib ketishni afzal bildim! Uzbekistondagi bugungi ahvol, juda ayanchli, it egasini tanimaydi, hech kim uz burchini bajarish, elga xizmat qilish haqida uylamaydi ham….
Sizga beradigan savollarim aslida juda kop, uzim uylab oxiriga yeta olmagan jumboqlar ham talaygina, hamma sohalarda, hatto ta’lim sohasida ham, biz juda qurqoq bulib ketdik, jasurlar esa chetga chiqib ketyapti, sizga uxshagan shijoatli uzbeklar qolmadi hisob, domlalarimiz “haqiqat”ni bilib turib, bizga yolg’on narsalarni tuqishardi, guyo biz tushunmaydigandek….men juda kopchilikka qarshi fikr bilan chiqdim, hatto ta’lim vaziri Saidahror G’ulomovgacha!!!
Masalan, filologlar, butun boshli “Sintaksis”ni 3 oy urganamiz-u, iqtisodni, “demokratik jamiyat qurish (prezident asarlari asosida)”ni 1 yildan, axir rivojlangan davlatlarda asosiy e’tibor bosh mutaxasislikkka qaratiladi deb eshitganmiz, va shu tug’ri yul deb bilaman, iqtisodni urganish kerak, lekin uz sohangni tug’ri uzlashtira olmasang, qanday mutaxasis bulib yetishish mumkin?
Shuni natijasi ularoq maktabdagi ahvollar ham uzingizga ma’lum! Shu masala yuzasidan dekan oldiga kirganman, ular “bu vazirlikdan kelgan buyruq, biz buni uzgartirolmaymiz”- dedilar, baxtimga, kup utmay vazir bilan ochiq uchrashuv utkazildi, va imkoniyatdan foydalanib, barchani oldida aytdim, shunda vazir:”hech qanaqa, usha domlalaringni uzi tuzib kelgan dasturni, men shunchaki qul quyib berganman” dedilar, xa, shunchaki qul quyib berganman dedilar aniq qilib, shunda men”siz hali butun kelajak taqdirini belgilovchi hujjatga “shunchaki” imzo quyasizmi?” degandim, ular javob urniga, qarsak chaldilar, va “mana, yuragida o’ti bor talabalar ham bor ekanku”- deb, gapni boshqa joyga burib, “siz shuni yozma shaklda manga yozing”- deb qutula qoldilar!
Bilaman, sizga qiyin, har bir uquvchidan kelgan turli sohadagi maktublarga fikr bildirish, lekin fikr bildirmasangiz ham, uqirmidingiz degan ilinjda yozyapman, butun fakultetimiz uchun 10ta kompyuter surab ham murojaat qilganman, axir kelajak bulgan yoshlarga, ozgina bolsa ham imkon yaratish kerak-ku tug’rimi?
Rostini aytaman, kursimizda 80kishi uqirdi, ushandan 3ta talabagina kompyuterdan “foydalanardik”. Endi uzingiz shunga qarab kelajakni tasavvur qilavering, axir axborot olish zamonning dolzarb ishlaridan-ku, bu hali universitet talabalarini darajasi, yana uncha-munchamas, UzMUni talabari, qishloq xujaligi, shunga uxshash universitet talabalari haqida gapirmasa ham bo’ladi, ular ham mayli, “uqimagan” tengdoshlarmiz son mingta-ku!
Siz juda ko’p yoshlarga tug’ri yul korsatyapsiz, hech bulmasa uzini “tanishi” uchun kumaklashyapsiz, lekin men ham ozgina kumaklashish maqsadida, uzimdan biror yangilik emas, shunchaki 1-2 ta uzbekistondagi tanishllarimga, jurnalistlarga sizni siteingizni ochib uqib kurishni maslahat berdim, lekin ular soyasidan qurqqandek, site nomini yozmasimdan, “kerakmas”ga utishdi, sabab- qurqoqlikda, nega, nimadan qurqishadi, ulardagi bunday qurqoqlikni nima bilan yengish mumkin? Nahotki shu tazrda utib ketaversak?
Hali internetdan juda kamchilik foydalanadi, lekin bori ham haqiqatdan kuz yumib yashasa, qachon biz erkinlikka erishamiz?Nahotki uzimiz istagan gapni aytib, eshitib, muhokama qilib yashashga haqqimiz yuq bulsa?
Sizga beminnat yordamingiz uchun tashakkurlar etib, sog’liq va omonlik tilab muhlisangiz!!!

JAHONGIR MAMATOV: Samimiy maktub uchun rahmat singlim. Xavfsizlik nuqtai nazaridan hozircha ismingizni ko’rsatmadik. Agar istasangiz ko’rsatishimiz mumkin. Bu sizga havola. Haqiqatdan ham savollaringiz javobi bilan birga ekan.

Ha, ishimiz juda og’ir. Qadamba qadam bo’lsa ham oldinga borishimiz shart. Demokratiya osmondan tushmaydi, unga erishmog’imiz kerak. Bunga siz ham o’z hissangizni qo’shishingiz va yuqoridagi kabi mulohozalaringizni bizga yozib turishingiz mumkin. Bular Vatanda internet oldida ko’p o’tira olmaydigan tenqurlaringizga boradi. Har yuz kishidan birining zehni charxlansa, shuning o’zi yutuq. Sizning jasoratingiz, ajabmas, ularning ham diliga ko’chsa!

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: