Buyuk Britaniya poytaxti Nyu-Yorkmi?

O’zbekiston maktablarida yoshlarga qanday ta’lim berilayotganiga va ularning olgan bilimlari qay darajada ekanligini bevosita ular bilan bo’lgan savol-javoblardan bilish mumkin.

Bunga O’zbekiston radiosini eshita turib yana bir bor amin buldim. Radioda juda qisqa vaqt ya’ni besh-olti daqiqalik savol-javob rukni bo’lib,unda asosan o’smir yoshlar bevosita telefon orqali javob berishadi,bugun xuddi shunaqa savol-javob bo’ldi,savol shunday: Studiyadagi boshlovchi biron-bir davlatni nomini aytadi,o’quvchi esa uning poytaxti va pul birligini aytishi kerak.

Buyuk Britaniya poytaxti qaysi shahar degan savolga birinchi bo’lib javob bergan qiz London deb to’g’ri javob berdi,lekin pul birligini frank dedi,xuddi shu savolga bir o’g’il bola B.Britaniya poytaxti Nyu-York deb javob berdi, ikkinchi savol Ukraina bo’ldi bunga ham ikkita o’quvchi noto’g’ri javob berdi.

Uchinchi Gretsiya haqidagi savolga bir o’quvchi noto’g’ri javob berdi uning xatosini katta yoshli bir kish! i to’g’riladi(ovozidan ma’lum edi),so’nggi savol Ispaniya to’g’risida bo’lib,unga ham noto’g’ri javob olindi.

Oddiy savollarga to’g’ri javob bera olmayotgan yurt farzandlari qanday qilib “buyuk kelajak” yaratishlarini tasavvur qilish mumkin.

Erkin.

2 Responses

  1. Assalomu alaykum, albatta bu juda achinarli hol va buning sababi esa mana shu hozirgi hokimiyat tepasida o’tirganlarda., ya’ni Karimov va uning atrofidagilarda.
    Men O’zbekistonda o’qib yurgan kezlarim kutubxonaga deyarli har kun borib turar edim. Kursdoshlarim “Ha deb dars qilaverasanmi? Yur kinoga yoki magazinlarga chiqib aylanamiz ” deyishardi. Umuman, O’zbekistonda yoshlar ichda kitobga qiziqish pasaygan. Sababi domlalar bahongni pulga qo’yib berishadi, O’zbekistonda yashagan yoshlarning “bilim emas balki pul hamma narsani hal qiladi” degan tushunha bolalagidan kallasiga singdirilgan. Kallasida hech vaqo bo’masa ham o’zini hammadan yuqori qo’yish, otasining puli orqasidan maqtanchoqlik, zo’ravonlik, tanish-bilishchilik qilish kabi illatlar yoshlar ichda keng tarqalgan. O’zini ozgina bilib olgani chetga chiqishga o’rinadi. Ana endi bu erdagi ta’limning farqi shundaki, o’qimasdan iloj yo’q! Berilgan vazifani bajarish uchun qancha -qancha research qilish kerak. Buning uchun sharoit ham bor, imkon ham bor. Ta’lim sistemasi umuman yuqori darajada: o’qimasang turaolmaysan. Bu erda hamma o’qiydi: avtobusda, metroda hatto jymda ham. Qoyil qolasan. Men agar metroda gazeta o’qimasam o’zinmi g’alati his qilaman, do’stlarim ham shunday.
    Shuni aytmoqchmanki, ma’naviy o’lim jismoniy o’limdan yomon – u manqurtlikka olib keladi va Karimov hukumati aynan mana shuni istayapti! Umida va do’stlari.

  2. […] Munosabat Buyuk Britaniya poytaxti Nyu-Yorkmi?  […]

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: