Ikkiyuzli olmonlar

Jaloliddin, Toshkent

Keyingi paytda olmonlarning ikki yuzli siyosati tobora oydinlashib bormoqda. Shu kunlarda Yevropa parlamentining Germaniyadan saylangan deputati, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo’yicha hay’atining a’zosi Elizabet Yeglle O’zbekistonda bo’ldi.

Yeglle xonim Oliy Majlisida, Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi va respublikaning boshqa idoralarida qabul qilindi. Bugun matbuotda e’lon qilinishicha, u jo’nab ketishi oldidan quyidgilarni aytgnmish.
“Aniq aytishim mumkinki, hozirgi paytda Germaniya raislik qilayotgan Yevropa Ittifoqi Kengashining diqqat markazi Markaziy Osiyoga, xususan, O’zbekistonga yo’naltirilgan. GFR kansleri A.Merkel o’z chiqishlarida Markaziy Osiyo mintaqasiga e’tiborni kuchaytirish muhimligini bir necha bor qayd etdi. Germaniya va Yevropa Ittifoqi, boshqa tomondan Markaziy Osiyo mintaqasida strategik o’rinni egallaydigan O’zbekiston ham bir-biriga kerak. Va bu hamkorlik yaxshi namuna bo’lishi mumkinki, biz uni butun dunyoga ko’rsatmog’imiz lozim.

O’zbekiston yiliga 7 % iqtisodiy o’sishining ishonchli ko’rsatkichlari bilan Germaniya va Yevropa iqtisodiyoti uchun hamda O’zbekistonga kelishdan manfaatdor bo’lgan yevropalik tadbirkorlar uchun jozibali sherik bo’lishi mumkin. Buning uchun zarur bo’lgan asoslar bor. Ishonch kerak, Yevropa iqtisodiyotining samarali ishtiroki va ishlashi uchun zarur bo’lgan ishonch esa bu yerda mavjuddir…

O’ylaymanki, O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning parlamentga kiritgan qonun loyihalari mamlakatingizda davom etayotgan jarayon, ya’ni jamiyatni demokratlashtirish yo’lidagi juda muhim qadamdir. Bu siyosiy yangilik jahonning turli mamlakatlari siyosiy va ekspertlar doiralarining diqqat markazida turibdi. Yevroparlament delegasiyasi Toshkentga kelganida biz ham bu haqda so’z yuritamiz.
Aytish joizki, O’zbekiston Prezidenti tomonidan taklif etilgan bu qonunlar loyihalari, ayniqsa, siyosiy partiyalar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi barobarida mamlakat siyosiy hayotida fuqarolar faolligini ham oshiradi. Shubha yo’qki, mazkur qonun loyihalari O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlaydi..
Har safar bu yerga kelganimda O’zbekistonning islohotlar va jamiyatni demokratlashtirish yo’lida tashlayotgan qadamlaridan quvonaman. Yurtingizda xorijliklarni qarshi oladigan mehmondo’stlik va odamlar o’rtasidagi o’zaro ishonchga asoslangan do’stona munosabatlar menga hamisha xush yoqadi”.

Har holda bu xonim O’zbek palovi va hadyalarini sevib qolganga o’xshaydi. Aks holda bu qadar lo’ttibozlik qilmagan bo’lardi. Yegan og’iz uylar degandek, Yeglle ham yeganiga yarasha sayramoqda, shekilli.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: