O’zbekiston – sehrsiz va dinsiz diyor!

Sherzod B. Ruzmetov

Qayerga bormay, “Amriqolik yigit” deya menga savollar yog’ilaveradi: “U yoqda zo’r bo’lsa kerak-a?”, “Qancha oylik olarding?”, “Qizlari o’shanaqami…?”, “Hammasi banggimi…?”, “Xalqi buzuqmi?”, “Dindan yiroqmi?” va h.k.

Savollarga imkon qadar javob beraman-u, ammo juda kamchilik mani oxirigacha tinglaydi. Xayriyat, Alloh menga shu sahifani hamdard qilib yaratti, endi oxirigacha eshiting.

Toshkentga kelishimdan oldin, juda ham intildim. Musulmon uchun AQSHda juda ham qiyin – deb o’ylardim. Toshkentda ancha yaxshi, aksariyat musulmon. Halol taom tansiq taom emas – deya o’zimni ishontirgan ekanman. Kutganimni topmadim!

Birinchi sezgan narsam Toshkentda ichkilikning ko’paygani. Alkogolga mukkasidan ketganlar shu darajada ko’pki, avtobuslarda mast xolida chiqqanlar, ko’cha-kuyda, daraxt ostida to’da bo’lib ichib o’tirganlarni deyarli har kuni ko’raman. Istalgan oziq ovqat do’konlarida aroq sotiladi. Kichik oziq-ovqat do’konlarining esa asosiy matohi aroq va alkogol ichimliklari. Avvaliga bu Davlatning fitnasi – degan tahmin ham hayolimga keldi.

To’ylar aroqsiz o’tmaydi. O’zi ichishi yetmaganday, ichmaydiganga ham majburlash odatga aylangan. Ko’cha-kuylarda to’da-to’da bo’lib oziq ovqat do’konlarining oldida ichib mast bo’lib o’tirishadi. O’zbek bu darajada past bo’lmagan. Asfala-sofilin deb shuni aytishmaydimi?

Endi esa sizga Dindan nihoyatta yiroq bo’lgan Amerika haqida hikoya qilaman.

AQSHning oziq-ovqat do’konlarida aroq sotish mumkun emas. AQSHda aroq faqat maxsus “Liquor Store” deb nomlanuvchi do’konchalarda sotiladi. Dinsiz xalqning amaliga e’tibor bering!

Toshkentda ota-onalar go’daklarini aroq uchun do’konga yuborishadi. AQSHda esa 21 yoshga to’lmagan bolaga aroq sotilmaydi.

AQSHda ko’cha-kuyda aroq va sharobni qo’lda yaqqol olib yurish mumkun emas. Jazosi bor. Shu sabab “Liquor Store”lardan chiqayotganlarning birontasining qo’lida aroq ko’rmaysiz. Barchasi qog’ozga o’ralgan matoh ko’tarib chiqishadi.

AQSHda ko’cha-ko’yda mast xolda yurish, yoki jamoat joyida aroq iste’mol qilish mumkun emas! E’tibor bering, dinsiz xalq ham buning axloqsiz ekanligini tushinib yetgan.

Tunov kuni otaning bolalari bilan ichishining guvohi bo’ldim. Nima uchun ichkilikka mukkasidan ketayapti xalqimiz?

Dadamizning fikrlariga qaraganda, odamlarning saviyasi shu darajada pastki, ularni bir-biriga bog’lovchi umumiy mavzuning o’zi yo’q. Davrani qizdiruvchi yagona narsa aroq bo’lib qoldi.

“Oldinlari “bazmi Jamshid” qilishardi” – deydilar Dadamiz. “Bazmi Jamshidlarda qariyalar sabzi to’g’rab yoddan doston aytishardi, barcha uni tinglashga atrofida yig’ilardi. Vaqtimiz yaxshi o’tardi. Aroqqa extiyoj bo’lmasdi. Xozir esa bechora xalqni ovutuvchi ham, to’ydiruvchi ham, suxbatdoshi ham aroq. Insonlarni birlashtiruvchi vosita qolmadi”.

Ukalarim bilan dildan suxbatlashib, dostonlar tinglab, Maxtumqulini o’qib, rubob-doira chalib vaqtimiz xush o’tirganimizda bizni umumiy birlashtiruvchi vositamiz borligini, aroqqa extiyojimiz yo’qligini anglab, shukr qilaman. Agar yonimda oila a’zolarim bo’lmaganida, bu xolatni ko’rib, xoyna-xoy, aqlimdan ozib allaqachon devona bo’lardim.

E’tiboringizga Maxtumqulining quyidagi murabbasini qisqartirilgan holda taqdim etaman. Ushbu XVIII asrda bitilgan she’rdan xushyor aql ibrat oladi:

…Ko’nglim aytar do’stlar, aylayin bayon,
Bilmadim yaqinmi oxirzamona
Dunyo uchun shariatni tashlabon
Bilmadim yaqinmi oxirzamona.

…Qiz-juvonda yo’qdur xayodan asar
Yigitlar qiz bilan o’ynashib kezar
Yomon ish ko’paydi kun-kundan batar
Bilmadim yaiqnmi oxirzamona.

So’filar nafs uchun Makka ketarlar
Shubxali taomni halol deb yerlar
Alloh nomi bilan karomat derlar
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.

O’g’li sudxo’r bo’lsa ota bo’lar shod,
Go’yoki davlati bo’ladir ziyod
Kun-kundan Dunyoda ko’paydi fasod
Bilmadim yaqinmi oxirzamona.

Gunohlar ko’paydi, aksidir savob,
Qo’rqaman bu Dunyo tez bo’lar xarob.
Kasb etib sotarlar aroq ham sharob,
Bilmadim yaqinmi oxir zamona.

Maxtumquli, buncha qilma hikoyat,
Oqillari shoyad bo’lar kifoyat,
Dunyoning ishina yo’qdir nihoyat,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.

(author.handalak.com)

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: