Bugunning gaplari

“P” emas “B”. Qog’ozga emas, menga ishon!

Sherzod B. Ruzmetov

Bugun uyga ADSL – internet o’tkazish uchun “ATS”dan “falonchi haqiqattan ham shu telefon simining egasi” – degan hujjatga tamg’a qo’ydirishim kerak ekan.

“ATS” ga borsam Dadamlarning ismlari “ATS”dagi xujjatlarda xato ketipti – “B” xarfi o’rniga “P” yozib qo’yilgan ekan. Ularga qancha xujjat bilan murojat qilmay, birontasi o’sha la’nati tamg’ani arizamga qo’ymadi. 1988 yilgi xato bo’lgani uchun bu xato to’g’irlanishi uchun “arxivar” “ko’tarishi” kerak ekan. “Arxivar” esa tez-tez kasal bo’lib turar ekan, va huddi o’sha kuni kasal bo’ladigan kuni ekan.

Xullas, ukam Hasan va mening kunimizning yarmidan ko’pi “akajon” – “opajon” deya yalinish bilan o’tti – umuman samarasiz. Ulardan xato ketganligi aniq. Ammo birontasi o’sha la’nati xatga tamg’a bosgisi yo’q. Barchasi meni boshqasiga yuboradi. Axiyri meni bir haftadan keyin otangiz bilan qaytib keling – deya butunlay chiqarib yuborishdi. Otam esa Urgenchdalar. Menga kerak yagona narsa esa xatga qo’yiladigan tamg’a, xolos!

Shu on nogahon AQSHda bo’lganimda GEICO – sug’urta kompaniyasining xatosi esimga tushdi. Ulardagi xujjatlardan birida mening SSN (Social Security Number) – raqamim xato ketgan ekan. Ularga qo’ng’iroq qilsam, “kechirasiz” – deyishdiyu, to’g’irlab qo’yishdi. Nima uchun barcha dalillarim bo’la turib Mirzo Ulug’bek tumani ATSi menga o’sha yaramas tamg’ani bosib bermaydi?

Uyga boshni egib qaytib keldik.

Bir soatlar o’tib, chidolmadim. Namozni o’qib, duoyimni qilib yana chiqib kettim. Bu gal boshqa bir xonaga kirib, hech qanaqa mansabi yo’q juvonga dardimni aytsam, “atigi shu kerakmi?” dediyu, shu onda tamg’ani bosib berdi! Tamga’ni ko’rib ko’zimga ishonmaganimdan u qizning qo’liga beixtiyor xursandligimdan pul berdim – olmadi!

Toshkent ko’zimga arosatday ko’rinib ketayotgan o’sha damda tamg’aga qarab mamnunan o’zimga o’zim “hammasi bo’ladi OK” – dedim. (author.handalak.com)


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: