Munozara

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA DA’VOGARLIK QILAYOTGAN JAHONGIR SHOSALIMOV SIYOSIY VA IQTISODIY BILIMLARI QAY DARAJADA? maqolasiga munosabat

Hozirgi kun uchun eng yaxshi munozara mavzusi bu, lekin…

Shuhrat Akani hurmat qilaman, maqolalari yaxshi. Oldingi bir necha maqolalarida ham Jahogir Shosalimovni juda kinoya bilan tanqid qilganlar. Maqoladi factlar to’g’ri bo’lishi mumkin, lekin shunday bo’lganda ham biz u kishini qiyin ahvolga solmasligimiz kerak, hukumatni qilayotgani yetadi u kishiga.

Jahongir Aka Shosalimovni bo’yi nech sm bo’lishi, boshida sochi bor yo’qligi, uni stolini bir oyog’i bor yo’ligi haqida yozish uncha shart emas edi-mi deyman. Bu gaplar biroz kishini shaxsiyatiga tegib keteadigan gaplar emasmi?

J. Shosalimovni iqtisodiy bilimi har holda hozirgi Ko’ppakdan yaxshi albatta.

Tanqid albatta yaxshi, lekin shaxsiyatga tegamasdan qilish kerak. Biz u kishini nima bo’lganda ham qo’llashimiz va hech bo’lmasa ruhiy ko’mak berishimiz kerak. Qani kim ayta oldi baralla O’zbekiston ichida men prezident bo’laman deb, hech kim. Lekin shu kishi ancha ishlarni qilib qo’ydi.

Men xoxlardimki hottoki O’zbekiston ko’chasidagi gadoy ham men Prezident bo’laman deb aytishini xoxlardim. Shu so’zni o’zi uni o’ziga qandaydir ichki kuch beradi, atrofidagilarni esa jonlantiradi. Mana bu erga kelib SM va AP (men bu ikkalasining ham ruhiy sog’lom ekanligiga shubha qilaman)ga o’xshab aytib yurganicha o’sha erda aytayotgani uchun ham Jahongir Aka Shosalimov ulardan ming marta mart va xalqni o’ylagan kishi.

Qaniydi O’zbekstonda yuzlab kishilar rahbir hokim, harbir deputat, harbir tadbirkor men prezident bo’laman deb barala aytsinchi mana shuni o’zi xalqqa
qancah kuch beradi.

Xudo bersa quliga keltirib berar qo’liga. Karimov kim edi, kim bo’ldi.

Yozsa yozadigan gap ko’p albatta, lekin hurmatni saqlagan holda qisqa va lo’nda yozganimiz maqul. Har bir daqiqani yanani savolingizga javob olguncha nechta somsa eganimiz, necha marta hojatxonaga borganimiz, u erda nima qilganimiz

Uzr Shuhrat Aka, men Jahogir Aka Shosalimovni bir marta ko’rganman xolos, unda ham rasmini. Lekin shu kishi shijoatiga qoyil, shu ahvolda shu ishga bel bog’lagniga.

Balkim u kishi O’zbekistondagi Prezident bo’lishga loyiq bo’lganlarga erkakmisenlar deyotgandir?!

Bobur Isoyev,

Demokratik O’zbekiston Kongresi Boshqaruv Hay’atining a’zosi

P.S Shuhrat aka, sizni maqolaringizni har doim qiziqish bilan o’qiydigan meni to’g’ri qabul qilasiz degan umiddaman.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: