Tahrirsiz xatlar

Mantiqsiz mantiq
Assalomu alaykum. Men bu xatimni Isyonkorga tashlagandim. Ammo chiqmadi. Iltimos sizlarda chiqsa. Hurmat bilan Muhlis.

Dunyo ajoibotlarga to’la ekanda, “ishtoni yo’q, tizzasi yirtiqqa kulibdi” degani shu bo’lsa kerak manimcha. Uzbek muxolifati orasida ko’pchilikning noroziligiga sabab bo’lib kelayotgan Sharipov o’z to’nini o’zgartirib endi Rahimov bo’lib olganiga kulgim qistaydi.

O’zini muxolifatchi deb e’lon qilayotgan shaxsni qilayotgan ishlari hatto men kabi oddiy fuqaroni ham
qiziqtirib quydi. Chunki agar shunchalik vatan kelajagi qiziqtirsa nega endi avvalo o’z ismini yashirishi kerak? Agar o’zini havfsizligini vaj qiladigan bo’lsa bir narsa esda tutish kerakki ko’pchilik muxolifatchilar hozirgi kunda chet elda, bundan tashqari siyosiy boshpana olib ham ulgurishgan.

Nega endi bu shaxsni shuncha narsani biladiyu, lekin o’zini tanitmaydi? Bu uning qallob ekanligini ko’rsatadimi? Bu kabi savollarga kim javob bera oladi? Albatta “Sharipov” yoki “Rahimov”, ikalasi ham bir odamligi kunday ochiq. Erkni saytida Sharipov imzosi ostida yozilgan maqola deyarli so’zma so’z Isyonkor saytida Rahimov nomi bilan chiqarilgan.

Bunga nima deyish kerak? Odamlar qiziqda o’zini maqsadlariga intilish uchun ne kuylarga tushmaydi deysiz. Harbiylar tili bilan aytadigan bo’lsak “eng yaxshi himoya bu hujum”dir. Manimcha bu “vatanparvar”imiz bu naqlni juda yaxshi biladigan ko’rinadi. O’zini kimligini e’lon qilmasdan ha deb hali unga hali bunga tosh otib yotibdi. Ba’zilarni qallob desa, ba’zilarni yolg’onchiga chiqaradi. U holda o’zining bir nechta ismlar ostida maqola yozishiyu, asl ismini yashirishini nima deb tushunush kerak.

Har qanday odam hatto o’z havfsizligini himoya qilish niyyatida ham bitta niqob tanlaydi. Ha deb alishtiraverish endi buqalamunlik bo’lib qoladi. Bunday kimsalar o’z manfaatlari yo’lida har qanday hudbinlikdan ham tab tortmaydilar. Men uchun bu odamga tosh otish yoki uni qoralashni hech ham hojati yo’q chunki men na siyosatchi na bir davlat arbobiman. Faqatgina o’zini shu qatori vatani kelajagini o’ylaydigan oddiygina bir fuqaroman halos. Shunday bo’lgan taqdirda ham bu kimsani asl yuzini ko’rish menga ham juda qiziq bo’lib ketdi.

Agar o’zini shu qadar vatan parvar bir muxolifat a’zosi deb hisoblaydigan bo’lsa nea o’zinig asl yuzini ko’rsatmaydi?
Agar aytish joiz bo’lsa bunday qurbon berish qulidan kelmaydi? Nega? Yo bu kimsa uchun o’z manfaatiyu unga suyak tashlab turgan rahnamolarini havoga ko’tarishdan boshqa dardi yo’qmi? Har ikki gapida xalqni o’rtaga tiqadigan bunday “vatanparvar”lardan xalqning o’zi zerikib bo’lgan, ular dunyo kezib yallo qilib yallo qilib yurganda, jonidan o’tganidan andijon xalqi ko’tarildi.

Bunga o’xshagan hollar yana qancha joylarda bo’lishi mumkin emas deysiz? Ha deb so’z o’yini qilavermay aniq amaliy ish qilish vaqti kelmadimikin. Oz’ hayotlarini qutqarib bo’lgan bu kimsalarni ham biroz o’zlarini qutqarishlariga vaj qilib ko’rsatadigan xalqni ham o’ylaydigan vaqt kelmadimikin. Bu safar uzundan uzoq doston yozish niyyatim yo’q, savollarga to’la bu fikrlarimni o’qib o’zini har xil nomlab yurgan “dono”lar xulosa chiqarsa, o’z hatti harakatlarini bundan keyin sal aqlliroq yo’lga bursa deyman.
Ha deb hammaga loy chaplash o’rniga o’sha sho’r peshona xalqni qutqarish uning ham ko’ksiga shamol tegishi uchun muxolifatni birlashtirishga, ana undan so’ng xalqimizni kanadek so’rayotgan “Karimovchilar”dan qutish yo’lida harakat qilsa yaxshi bo’lardi.

Mening savollarim tez orada javoblandirilishiga umid qilib qolaman.

Muhlis.

TAHRIRIYATDAN: Biz Muxlis bilan telefonda gaplashganimiz va uning kimligiga ishonch hosil qilganimizdan keyin uning bu xatini e’lon qilmoqdamiz.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: