Tahrirsiz maktublar

Eng katta konslager…

Darhaqiqat hozirgi kunga kelib O’zbekiston dunyoning eng katta qamoqlarida biriga aylanib qoldi. Karimov boshchiligidagi mirshablar butun xalqni xo’rlab kelmoqdalar.

Huquqlarini poymol qilinayotganligi haqida juda ko’p joylarda yozilgan bu haqda gapirishni keragi ham yo’q bo’lsa kerak. Ammo bir narsa horijga ketaman degan kishilarning ham qattiq nazorat ostiga olinishi ma’lum tabaqa mirshablarni jig’ildonlarini tuldirishga yordam bermoqda.

Gohida o’kirib yuborging keladi. Bu insonlarni ham ona tuqqanmi deb hayratlanib qolaman. Manimcha bularni tugriqxonada ham onasini qornidan tushishi uchun pul berishgan bo’lsa kerak, bo’lmasa bular tushmagan bo’lardi. Pul uchun hamma narsani sotib yuboradigan bunday mirshablarni dastidan xalqning bo’ladigani bo’lib bo’ldi.

Bu narsalar bilan Karimov janoblarini ishlari ham yo’q, Manimcha habarlari bo’lsa ham indamaydilar. Chunki bu kabi formali gadoylar u kishini hazinalariga ham pul kelishini taminlab turadi.

Yoqang ushlaysan kishi bular ha deb tinchlikni pesh qilib shukr qilinglar deya veradi.tinchlik faqat bizda emas deyarli butun osiyo davlatlarida ham borku, lekin bizdan farqli o’laroq ular to’q yashashmoqda. Bundan tashqari o’z so’zlarini qo’rqmay aytishmoqda.

Hozirgi kunga kelib O’zbekistondagi holat chidab bo’lmas holatga kelib bo’ldi, muhataram muxolifat a’zolari ham bu narsalarni o’ylashlari kerak. Ha deb o’zaro daxanaki jang qilib man liderman deyaverish bilan ish bitib qolmaydi.

U holda sho’riga sho’rva to’kilgan bechora xalqni kim o’ylaydi. O’zbekistonga yaxshilab qaraydigan bo’lsangiz hammayoqni uch soha vakillari egallab olishgan:mirshablar,bemaza qo’shiqchilar hamda buzuq ayollar.

Nega bizni xalqimiz bu holga kelib qoldi. Hatto atiezim hukmron bo’lgan vaqtlarda ham bu qadar bo’lamagan ediku, nega endi “mustaqil” bo’lganimizdan keyin bunday holga tushib qoldik?

Mirshablarni nafslari hakalak otib yotibdi, yegan sari yana deb yotibdi.Ularni tekshiradigan idoralar ulardan battar. Hammaga ma’lum O’zbekiston mirshablari orasida “antikorrupsiya” degan bo’lim ham mavjud, bu bo’lim hammadan ham battar. Hatto bo’lim ishchilarining o’zi ham bu narsani hozirgi holatini to’g’ri nomlashadi, ya’ni biror joyga keladigan bo’lsa “antikorrupsiya”dan emas, “korrupsiya”dan keldik deb aytishadi.

Ha albatta ular faqatgina “korrupsiya”dan kelishlari mumkin. Hech qachon bunday illatga qarshi kurasha olmaydilar, aksiga poraxo’rlik illatini rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadilar.

Poraxo’rlik agar insonni mast holatga tushiradigan narsa bo’lganida edi, O’zbekiston bo’yicha birorta ham mast bo’lmagan amaldor topa olmagan bo’lar edingiz.

Ho’sh, bizni serquyosh O’zbekistonimizni zimiston qamoqdan qanday farqi qoldi? Bu va bu kabi savollarga kim javob berishi mumkin? Yoki kim javob beradi? Xalqni ham o’ylaydigan zamon kelmadimikin, uning ham dardini eshitadigan davr kelmadimi?

Uni qarang-a, hamma chet elga non topaman deb chiqib keta boshlagach endi ularni sun’iy yo’l bilan kamaytirishga o’tishdi. Uni o’rniga kallavaram teppada o’tirga anavi katta hum kallalar xalqni ahvolini yaxshilashga harakat qilsa bo’lmaydimi?

Kim o’z xoxishi bilan begona yurtlarda sardon sargardon yurishni istaydi, albatta hech kim. Ammo buni “Ota”miz parvolariga ham keltirmaydilar, u kishini dardlari faqatgina qanday qilib o’zlarini tepada uzoqroq o’tirishlarini ta’minlashdan iborat holos.

Bunday kimsalarni shunday “chiroyli” so’zlar bilan siylagim keladiyu, lekin shaytonga hay beraman. Ularga gapirib p’tirish ham hayf. Ilohim tezroq boshimizdan bunday quzgunlar tezroq ketsin,biroz erkin nafas oladigan kunlarimiz kelsin. Xudodan faqatgina shuni so’rayman.

Hammamiz anashu maqsad yo’lida birlashaylik, allaqanday yo’limizdan ozdiradigan kimsalrni oramizdan o’chirib tashlaylik, ularga bizning oramizda joy yo’q.

Muhlis.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: