Oqsaroy o’yinlari

O’zA tarqatgan siyosiy latifa

Fayzullo, Toshkent

 

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi jamiyatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston aholisi tomonidan qanday baholanayotganini aniqlash maqsadida  so‘rov o‘tkazibdi emish.

Unga ko’ra:
-Barqarorlik – O‘zbekiston mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan eng asosiy yutuq ekaniga respublikamiz aholisining ishonchi komil.

-Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlar hamda fermerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy va huquqiy jihatdan qulay shart-sharoit yaratilmoqda.

-O‘tkazilgan so‘rov natijasida aholining pul jamg‘arishga intilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa, fuqarolar daromadi oshganligi hamda ularning milliy valutamiz barqarorligiga bo‘lgan ishonchi ortganidan darak beradi.

-Kundalik ehtiyoj vositalari bilan ta’minlanganlik darajasining oshgani ham fuqarolarimiz turmush darajasi yaxshilanib borayotganidan dalolatdir.

-Televizor, muzlatgich, radio bugungi kunda eng ko‘p sotib olinayotgan tovarlar hisoblanadi. Har to‘rtinchi oilada avtomobil bor.
-So‘rovda qatnashganlarning ko‘pchiligi O‘zbekistondan boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun ketish niyati yo‘qligini bildirdi. Bu respublikamizda yashash uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoit yaratilganini ko‘rsatadi.

Sizni bilmaymanu ammo men bu yurtni tashlab ketgim keladi.

O’zAdagi tanishlarim ham.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: