Nuqtai nazar

Rizo OBID:TAHTDAN KET, KARIMOV!
Bugun zulm sitamidan ezilgan,ozodlik sari talpinayotgan Vatandoshlarimiz: ”Bitsin zolim shoh, tahtdan ketsin  I.Karimov, degan zulmkor” deya hayqirmoqdalar. Demokratiya yo’lidan borayotgan qaysi bir OAVga nazar tashlamang, yuqoridagi mazmundagi chaqiriqlarga nigohingiz tushadi.

Bu bejiz emas albatta.Chunki bugun butun dunyo ahliga ma’lum bo’lib turibdiki,allaqachonoq Prezidentlik maqomi tugagan,ammo egardan tushsada uzangiga osilib olganday zo’ravonlik bilan o”sha mashhur diktator Karimov O’zbekistonda o’zi yaratgan qonunlarnida oyoq osti qilib,halqni bir chaqaga olmay hokimiyatni bosib olib o’tiribdi.
Karimovning hamma kirdikorlarini sanayman,desangiz barmoq tugul boshqa hisob mashinasi ham sanoqni ko’tara olmay tutab ketishi mumkin.

To’grisini tan olib aytganda, birinchi navbatda bugungi kurashimiz Karimov istibdodiga qarshi bo’lmogi shart.Biroq goho asosiy maqsad bir yonda qolib, ayrim lahzalarda mayda-chuydalar bilan o’ralashib qolyapmiz.

Aziz ,Vatandosh,millatdosh hamda elatdoshlar, bugun o’zbek eli goyat ogir,ayanchli istibdod iskanjasida azob tortmoqda.Ularning biri bobomiz,biri momomiz ota-ona, oga-ini,opa-singil,farzandlarimizdir. Bugun ularning havfsizligi,kelajagi haqida qaygurmasak, erta kech bo’ladi.

Joylarda o’tkazilajak tadbirlarda qatnashing.Zulmga qarshi,istibdodga qarshi ovozingizni baralla qo’yib jar soling.Mabodo hali ham ikkilanib turgan bo’lsangiz o’zingizda jur’at topib, hech bo’lmasa o’z erkingiz yo’lida zulmkor tuzumga qarshi bir odim olga tashlang!

Shioringiz: ”TAHTDAN , KET KARIMOV” bo’lsin!’ ‘ZULMGA QARSHI OLGA!” bo’lsin.’ ‘BITSIN ISTIBDOD, YASHASIN OZODLIK!” bo’lsin.

Yaratgan egam bu yo’lda sizga madadkor bo’lsin.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: