Bugunning gaplari

“Isyonkor”, degan sayt bor, deb eshitib…

Yaqinda ”Isyonkor”, degan sayt bor, deb eshitib qoldim. U qanaqa isyon ko’tarayotibdi ekan, deya o’sha yoqqa bir nazar tashladim.

Obbo,qaramasam ham bo’lar ekan,deb afsuslandim.Chunki uning sahifalarida o’zlarinkidan ko’ra boshqa sayt sahifalaridan ko’chirib bosilgan maqolalar ko’proq.Bunisi ham mayli,lekin jurnalistikaning hech qaysi qolipiga tushmaydigan yangi bir ”kashfiyot” qilishibdiki,u bilan tanisha turib afsus ,deyishdan boshqa gap yo’q.
To’gri sahifada durustgina maqolalar,habarlar,badiiy asarlar bor,lekin ular ostida berilayotgan izohlar mavzu bir yoqda qolib bir-birini haqoratlashga o’tib ketilgan.
Ahir o’zbeklarda odob-ahloq,andisha ,or-nomus degan meyoriy tushunchalarni nega oyoq osti qilinyapti?Ularni bunday dahanaki haqarotlardan to’htatadigan kishi yo’qmi?
Saytni boshqarayotganlarga iltimosimiz bor.Birinchidan bir nashrdan ko’chirib bosyapganingiz unchalik qoidaga to’ri kelmasligi mayli,lekin uni muhokamaga qo’yishni o’zingizcha to’gri,deb o’ylaysizmi?

Sa’yi-harakatingiz O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishish yo’lida samimiy bo’lsa bunday izohhonani yopib qo’ying.Demokratiya,so’z erkinligi,degani haqorat qilish degani emas.

Ehtimol mening so’zlarim sizlarga ogir botar.Meni noto’gri aytyapti,desangiz ana boshqa ko’pni ko’rganlardan so’rab ko’ring.Bu hol uyat.Yahshiyam bu dahanaki o’zaro haqoratlashuvga aylanib insoniylikka yot bo’lgan,kurakda turmaydigan,quyushqondan chiqib aytilayotgan aytishmalarni chet el,garb ahli tushunmaydi.Nimalar yozilibdi,deb qiziqib bir tarjimon orqali o’qib tushunib qolsachi.Millat shaniga dog,uyat bo’lmaydimi?Nahotki shular haqida o’ylamaymiz.

Bir-ikki bor shu sayt sahifasida ”Musulmon O’zbekiston” saytida e’lon qilingan sh’er,maqolalarim ko’chirib bosilganini aytishuvdi.Iltimos, pok tuygular bilan yozilgan dil izhorlari,qalb kechinmalarini oyoq osti qilmang.Tarafma-taraf bo’lib olib bir-birini haqoratlash o’zbek millatiga,ayniqsa erkaklarga hos emas.

Sahifangizning samimiylikka yo’l tutishini tilab:

Rizo OBID

Manba: www.rizobek.ucoz.ru

 
 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: